45 ming AQSh dollari evaziga noqonuniy ravishda yer sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

45 ming AQSh dollari evaziga noqonuniy ravishda yer sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

1982 yilda tug‘ilgan, Samarqand tumanida yashovchi fuqaro M.YU. tumanda joylashgan «Chordara» agrofirmasi hududidan dehqonchilik qilish uchun uzoq muddatga imtiyozli ravishda ajratilgan 35 sotix yer maydonini mahalliy fuqaro D.N.ning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 45 ming AQSh dollari talab qilganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan DXX Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari viloyat IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi xodimlarini hamkorligida o‘tkazgan tezkor tadbirda fuqaro M.YU. oldindan berilishi kelishilgan 25 ming AQSh dollarini olayotgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Hozirda fuqaro M.YU.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!