4 ta hududda valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

4 ta hududda valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi



Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oqdaryo tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan N.X. va M.R. jami 3 800 AQSh dollarini fuqaro SH.A.dan 48,5 mln so‘mga sotib olgan vaqtlaridan ushlanib, ularning yonidan 50,7 mln so‘m, 150 AQSh dollari, 15 Rossiya rubli, 1 Yevro hamda 1 dona pul sanash uskunasi ashyoviy dalil sifatidan olingan.

Departamentning Gurlan tuman bo‘limi tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan M.X. fuqaro O‘.U.dan 3 200 AQSh dollarini 40,1 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan Buxoro shahri, G‘ijduvon ko‘chasida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan U.X. jami 3 100 AQSh dollarini fuqaro A.A.dan 39 mln so‘mga so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan F.O‘. va G.B. jami 3 100 AQSh dollarini fuqaro A.Z.ga 39,2 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ushlanib, ularning yonidan 9,3 mln so‘m va 3 570 AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!