38 yoshli erkak yosh qizni kaltakladi. Qiz o‘ldi

38 yoshli erkak yosh qizni kaltakladi. Qiz o‘ldi

Amur viloyati Saskal qishlog‘ida yashovchi erkak 21 yoshli qizni o‘ldirishda gumon qilinmoqda. Uning tan jarohatlari bilan jasadi yashash joyidan topilgan, deb xabar beradi "Amur" davlat teleradiokompaniyasi.

O‘tgan juma kuni marhumning 38 yoshli sherigi hibsga olindi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, erkak qiz bilan janjallashgan, shundan keyin uni qattiq kaltaklagan. Amurlik ayol kaltak oqibatida vafot etdi.

Erkak vaqtincha tergov izolyatoriga joylashtirilgan. Jinoyat ishi ochildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!