32 yoshli erkak Toshkentda yarim tunda jinoyat ustida qo‘lga tushdi

32 yoshli erkak Toshkentda yarim tunda jinoyat ustida qo‘lga tushdi

Toshkent shahri. 2021 yilning 20 fevral kuni tungi soat 01:00 larda 32 yoshli Sa’dulla A., Yunusobod tumani 18-mavzesida joylashgan ko‘p qavatli xonadonlar oldida qarovsiz qoldirilgan 39 yoshli Zokirxo‘ja I.,ga tegishli “Lacetti” rusumli avtomashinaning chap old eshigini sim yordamida ochib, qasddan o‘g‘rilik jinoyatini sodir etmoqchi bo‘lgan vaqtida, 32 yoshli Abdufattoh SH., va Zokirxo‘ja I.,lar tomonidan ushlanganligi bois, ushbu o‘g‘irlik jinoyatini o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra oxiriga yetkaza olmagan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Sa’dulla A.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25,169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlikka suiqasd) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prosessual tartibda ushlangan. Shuningdek, u muqaddam bir necha marotaba o‘g‘irlik jinoyati bilan sudlanganligi aniqlangan.

Hodisa joyini ko‘zdan kechirish jarayonida, Sa’dulla A., jinoyat sodir etishda foydalangan sim ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!