3 kun davomida qancha saylovchi muddatdan avval ovoz berdi?

3 kun davomida qancha saylovchi muddatdan avval ovoz berdi?

14–17 oktyabr kunlari davomida 89 798 nafar saylovchi O‘zbekiston prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayonlarida qatnashdi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi xabar berdi.

Saylov uchastkalarida saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchilar uchun muddatidan oldin ovoz berishni 20 oktyabrga qadar davom etadi. O‘zbekistondagi saylov uchastkalarida muddatidan oldin ovoz berish vaqtini soat 9:00 dan soat 19:00 ga qadar, chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalar huzurida tuzilgan saylov uchastkalarida muddatidan oldin ovoz berishni ushbu saylov uchastkalari joylashgan yerdagi mahalliy vaqt bilan soat 9:00 dan soat 19:00 ga qadar amalga oshirilishi belgilangan.

MSK ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi saylovchilar soni qariyb 21,2 million kishini tashkil qiladi.

Saylov kodeksining 57-moddasiga ko‘ra, saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega bo‘ladi.

«Muddatidan oldin ovoz berishni amalga oshirish uchun saylovchi saylov kunida bo‘la olmasligining sabablari (ta’til, xizmat safari, xorijga chiqish va hokazo) ko‘rsatilgan ariza asosida tegishli uchastka saylov komissiyasidan saylov byulletenini oladi. Saylovchi saylov byulletenini olganligi haqida tegishli uchastka komissiyasining kamida ikki nafar a’zosi hozirligida saylovchilar ro‘yxatiga imzo qo‘yadi.

Saylov byulleteni maxsus jihozlangan yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida saylovchi tomonidan to‘ldiriladi», – deyiladi qonunchilikda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!