28 may sanasida sodir bo‘lgan muhim tarixiy voqealar
1539 yil— Ispaniyalik konkistador va Kuba gubernatori Ernando de Soto Florida qirg‘og‘idagi Tampa ko‘rfaziga kirib kelgan. Uning olti ming askarlik otryadi zamonaviy Jorjiya shtati hududidan o‘tib, 1542 yil mayga qadar Missisipiga yetib borgan;
1794 yil — Birinchi koalisiya urushi paytida Kirrvayler jangida fransuz armiyasi prusslar tomonidan mag‘lubiyatga uchratilgan;
1812 yil— 1806 yildan beri davom etgan Rossiya-Turkiya urushi M.I.Kutuzovning turklar bilan Buxarest tinchligini tuzishi bilan tugagan;
1830 yil— AQSh prezidenti Endryu Jekson hindlarni o‘z yerlaridan haydab chiqarishga ruxsat beruvchi va Missisipidan sharqdagi barcha hindularning fuqarolik huquqlari va erkinliklarini rad etgan qonunni imzolagan. Surgun 1831 yilda boshlangan; ba’zi hind qabilalari isyon ko‘tarishgan, ba’zilari qonuniy ravishda norozilik bildirishga urinishgan va eng oliy federal sudga murojaat qilishgan, ammo ular AQSh fuqarosi emasliklari tufayli konstitusiya bilan himoyalana olmaganlar;
1863 yil— Bostonda AQShda faqat qora tanli askarlardan iborat birinchi polk tashkil etilgan;
1871 yil —bir hafta davom etgan qonli janglardan so‘ng Parij Kommunasi yo‘q qilingan. Janglar va qatllar paytida 25 ming kommunachi o‘ldirilgan, 40 mingga yaqini qamoqxonalarga tashlangan yoki Yangi Kaledoniya va Jazoirda og‘ir ishlarga yuborilgan;
1902 yil —Argentina va Chili o‘rtasida May pakti imzolangan, bu Janubiy Amerika qurollanish poygasini cheklab nizolarni hal qilish tartibini belgilab bergan;
1905 yil — Rus-yapon urushidagi Tsusima jangida rus floti mag‘lubiyatga uchragan;
1921 yil — Rossiya Kompartiyasining X s’ezdida «Yangi iqtisodiy siyosat» (NEP)ga o‘tish dasturi qabul qilingan;
1956 yil — Fransiya Hindistondagi sobiq fransuz mustamlakalarini Hindiston Ittifoqi tarkibiga bergan;
1961 yil —Britaniyaning «Observer» gazetasi London advokati Piter Benensonning Amnistiya to‘g‘risidagi murojaatini nashr etgan, Amnesty International xalqaro inson huquqlari tashkiloti tuzilgan;
1961 yil — "Orient Express" poezdining Parijdan Buxarestga so‘nggi qatnovi; u 78 yil davomida faoliyat yuritgan;
1964 yil —Falastinni ozod qilish tashkiloti tuzilgan;
1970 yil — G‘arbiy Germaniyada birinchi marta asab to‘qimalarini transplantasiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirilgan;
1976 yil — Moskvada Sovet Ittifoqi va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasida tinchlik maqsadlarida yer osti yadroviy portlashlari to‘g‘risida bitim imzolangan;
1992 yil— O‘zbekiston Qizil Yarim Oy jamiyati to‘g‘risida prezident farmoni qabul qilingan;
1993 yil —Monako Eritreya bilan bir vaqtda BMTning 182-a’zosi bo‘lgan;
1995 yil —Neftegorskda zilzila yuz bergan, Saxalinning Neftegorsk qishlog‘i butunlay vayron bo‘lgan;
1997 yil —Kiyevda Rossiya va Ukraina Qora dengiz flotini bo‘linishi to‘g‘risida hujjatlar to‘plamini imzolashgan;
1998 yil — Pokiston Belujiston viloyatida har biri 18 kiloton quvvatga ega bo‘lgan 5 ta yadroviy zaryadni sinab ko‘rgan;
1999 yil — 15 yillik bahs-munozaralardan so‘ng Kanadada o‘smirlar uchun jinoiy javobgarlik yoshini 16 yoshdan 14 yoshgacha tushirilgan.
