2023 yilda prokuratura organlariga 463 626 ta murojaat kelib tushgan
2023 yilda prokuratura organlariga 463 626 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 264 504 tasi bevosita prokuratura organlarida hal etilgan.
Mazkur murojaatlarning 60 534 tasi qanoatlantirilgan, 4 212 tasi rad qilingan, 199 758 ta murojaatlarga huquqiy tushuntirish berilgan, 164 087 ta murojaatlar taalluqliligi bo‘yicha boshqa muassasalarga yuborilgan.
Murojaatlarning muddatida, to‘liq va xolisona ko‘rib chiqilishini hamda qonunbuzilishiga yo‘l qo‘ygan aybdor shaxslarning muqarrar javobgarligini ta’minlashga qaratilgan nazorat tadbirlarini tizimli ravishda amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Xususan, murojaatlarni ko‘rib chiqish mobaynida aniqlangan qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha noqonuniy hujjatlarga 674 ta protest keltirildi, qonunbuzilishlarini bartaraf etish haqida 210 ta taqdimnoma, 26,4 mlrd. so‘m zararni undirish haqida sudlarga 508 ta ariza kiritildi, 712 nafar shaxs intizomiy, ma’muriy va moddiy javobgarlikka tortildi, qo‘pol qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha 385 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ko‘rilgan choralar natijasida 52 408 nafar shaxslarning buzilgan huquqlari prokurorlar tomonidan tiklangan.
Jismoniy shaxslar hamda yuridik shaxslarning vakillari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Veb-sayti, Ishonch telefoni, Virtual va Xalq qabulxonalari orqali yo‘llangan murojaatlarni ko‘rib chiqilishiga alohida e’tibor qaratildi.
Jumladan, Prezident Virtual va Xalq qabulxonalari orqali prokuratura organlariga kelib tushgan jami 159 130 ta murojaatlardan 143 004 tasi ko‘rib chiqilib, shundan 74 951 tasi qanoatlantirilgan, 66 636 tasi bo‘yicha tushuntirishlar berilgan, 1 417 tasi rad qilingan, 340 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan va 4 799 tasi tugatilgan.
Murojaatlarni telefon orqali qabul qilish markaziga (1007 raqamli ishonch telefoni) ushbu davrda kelib tushgan murojaatlar soni 104 354 tani tashkil etib, (bir kunda o‘rtacha 700-800 ta murojaat kelib tushadi), murojaatlarning 19 637 tasi hal etilgan bo‘lib, shundan 2 133 tasi qanoatlantirilgan, 17 312 tasi bo‘yicha tushuntirish berilgan, 192 tasi rad qilingan, 99 ta murojaatlar ko‘rmasdan qoldirilgan.
Tadbirkorlar virtual ofisidan kelib tushgan murojaatlar 1 850 tani tashkil etib, murojaatlardan 1 405 tasi hal qilingan, 151 tasi qanoatlantirilgan, 1 239 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirish berilgan va 15 tasi rad etilgan.
Bundan tashqari, jismoniy va yuridik shaxslarning qabuliga, shu jumladan, ularni bevosita prokurorlar tomonidan joylarda qabul qilinishiga jiddiy e’tibor qaratilib, 360 300 nafar shaxslarning qabuli ta’minlandi.
Bosh prokuratura rahbariyati tomonidan jami 869 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilinib, murojaatlarning qonuniy hal qilinishi ta’minlangan.
