2022 yilda dunyo aholisini vaksina bilan ta’minlash uchun qancha mablag‘ zarur?

2022 yilda dunyo aholisini vaksina bilan ta’minlash uchun qancha mablag‘ zarur?

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Bosh direktori Tedros Gebreyesus 2022 yilda dunyoning aksariyat mamlakatlarida yoshi katta aholini uchun koronavirusga qarshi emlashni ta’minlash uchun qancha mablag‘ zarur bo‘lishini ma’lum qildi.

«Bizning taxminimizcha, kelgusi yilda bu maqsadlar uchun yana 35-45 milliard dollar atrofida mablag‘ kerak bo‘ladi», deydi JSST rahbari.

Gebreyesus ta’kidlashicha, so‘nggi ikki hafta ichida dunyoda pandemiyaning dastlabki olti oyiga nisbatan ko‘proq koronavirus infeksiyasi qayd etilgan. So‘nggi bir hafta ichida yangi holatlarning yarmidan ko‘pi Hindiston va Braziliyada qayd etilgan.

Shu bilan birga, u dunyoda juda zaif vaziyatga duch kelgan boshqa ko‘plab mamlakatlar borligini ta’kidladi va aholini JSSTning sanitariya tavsiyalariga rioya qilishni davom ettirishga chaqirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!