2021 yil boshidan buyon O‘zbekistonga xorijdan yuborilgan pul o‘tkazmalari miqdori qancha?

2021 yil boshidan buyon O‘zbekistonga xorijdan yuborilgan pul o‘tkazmalari miqdori qancha?

O‘zbekistonga 2021 yilning dastlabki sakkiz oyida xorijdan yuborilgan pul o‘tkazmalari hajmi 4,9 milliard dollarni tashkil etdi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, bu 2020 yilning mos davriga (3,6 milliard dollar) nisbatan 35 foizga, 2019 yilning mos davriga (3,9 milliard dollar) nisbatan esa 26 foizga ko‘p.

Qayd etilishicha, transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi ortishi aholining iste’mol va investision faolligini qo‘llab-quvvatlovchi omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu omillar o‘z navbatida, ichki valyuta bozorida taklif hajmining barqaror bo‘lishi va milliy valyuta kursi shakllanishida muhim rol o‘ynadi. Jahon banki tahlilchilari iqtisodiyotning tiklanishiga mehnat migrantlari pul o‘tkazmalari hajmining ortishi ham ko‘maklashishini qayd etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!