2021/2022 o‘quv yilidan abituriyentlar cheklanmagan tarzda ta’lim yo‘nalishini tanlashi mumkin

A A A
2021/2022 o‘quv yilidan abituriyentlar cheklanmagan tarzda ta’lim yo‘nalishini tanlashi mumkin

Mamlakatimizda hukm surgan murakkab pandemiya jarayoni ancha qiyin kechdi. Bunday og‘ir sharoit har bir tizim uchun katta sinov bo‘ldi, yakdilligimiz, bolajonligimiz sinovdan o‘tdi, desak yanglishmagan bo‘lamiz.

 Ana shunday vaziyatda test sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish ham oson bo‘lmadi. Ammo ish to‘xtab qolgani yo‘q. Rejalar bor, abituriyentlar va umuman imtihon topshirishi kerak bo‘lgan barcha tizimlar uchun yangiliklar qilinyapti. O‘zbekiston milliy axborot agentligi – O‘zA muxbiri test tizimidagi yangilik va yengilliklar, amaliy ishlar xususida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori Majid KARIMOV bilan suhbatlashdi.

– Davlat test markazi faqat OTM uchun test tayyorlaydi, ular “mavsum” bo‘lmasa, bekor o‘tiradi, degan fikrlar mavjud.

– Davlat test markazi, jamoatchilikning kattagina qismi o‘ylaydigandek, yil davomida faqat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul uchun test sinovlarini o‘tkazish bilan shug‘ullanmaydi, bir yilda bu kabi tadbirlardan yana 27-28 tasini o‘tkazadi. Aytishga oson, test sinovlariga sifatli tayyorgarlik ko‘rish, jarayonlarni shaffof va adolatli o‘tkazish o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi, test sinovi jarayoni uchun davlat boshqaruvidagi deyarli barcha tizim jalb etiladi, hamkorlik qilinadi.  

Shu o‘rinda 2020/2021 o‘quv yilida o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun test sinovlarini yodga olsak. Aytish lozimki, o‘tgan o‘quv yilida o‘tkazilgan test sinovlari oldingilaridan tubdan farq qildi.  

Masalan, 1 304 194 nafar abituriyent ishtirokida test sinovlarini o‘tkazish uchun 65 ta ochiq ob’ekt tayyorlandi va 2708 dona, jumladan, 137 dona shaxsni identifikasiyalash, 2434 dona stasionar va 137 dona aylanma kamera, shuningdek, 126 dona metall detektor, 347 dona zaxira elektr manbai (UPS) bilan jihozlandi.

Ish hajmining keskin ko‘payishi test topshiriqlarini shakllantirishda ham kuzatildi. O‘tgan yilning o‘zida umumta’lim va maxsus fanlardan 200 mingdan ortiq (o‘zbek, rus, qoraqalpoq va tojik tillarida), shuningdek, intellektual qobiliyat, mantiqiy fikrlash, psixologik barqarorlikni aniqlash bo‘yicha 1295 ta o‘zbek va rus tillarida test topshiriqlari bazasi shakllantirildi va ekspertizadan o‘tkazildi. Fan ekspertlari bu davrda axborot xavfsizligi talablariga amal qilgan holda tashqi dunyodan butkul uzilgan sharoitda ishladi.  

Pandemiya sharoitida abituriyentlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga test sinovlarini majburiy fanlarsiz, faqat 2 ta mutaxassislik fanidan topshirish, fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan 5 tagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlash, sinovlarni o‘zi xohlagan hududda topshirish huquqi berildi. Bunda har bir mutaxassislik fanidan 30 tadan jami 60 ta test topshiriqlari berilib, ularni yechish uchun 1,5 soatdan jami 3 soat vaqt belgilandi.

To‘g‘ri, o‘tgan yili abituriyentlarning yetarli darajada tayyorgarlik ko‘rishlarida murakkabliklar yuzaga kelganligi bor gap. Yurtboshimiz rahbarligida o‘tkazilgan bir necha yig‘ilishlarda bu kabi holatlarning og‘riqsiz yechimini topish masalalari ham ko‘rib chiqilgan.

Qayd etilgan pandemiya sharoiti joriy etilgan karantin talablari davrida uydan chiqmaslik talablarini hisobga olib, abituriyentlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida test topshiriqlari soddalashtirildi. Bunda oson va sodda, rasmli, yozuvsiz xaritali, jadvalli test topshiriqlarining ulushi ko‘paytirildi, murakkab test topshiriqlari soni kamaytirildi. Shuningdek, abituriyentlarning tayyorgarlik ko‘rishi maqsadida e-Sinov tizimidan tekin foydalanish kabi sharoitlar yaratildi. Bunaqasi hali kuzatilmagandi.

Bulardan tashqari, abituriyentlarning test sinovida to‘plagan ballari haqidagi ma’lumotlar test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasiga abitur.dtm.uz sayti orqali e’lon qilib borildi. Bunda abituriyentlar shaxsiy kabinetlari orqali o‘zlari ishlagan javoblar varaqasining rangli skaner qilingan holatini, qaysi test topshirig‘iga qaysi javob belgilaganligini, har bir test topshirig‘i bo‘yicha belgilagan javobi to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini va umumiy to‘plagan ballarini muntazam kuzatib bordilar. Bu ularga natijalarining o‘zgarmasligiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashga xizmat qildi, deyish mumkin.

Shuningdek, karantin cheklovlari amalda bo‘lgan va salomatlikni himoya qilish xavotirli kechgan davrda ota-onalar va boshqalarning bir joyda to‘planishi oldini olish ham kun tartibidagi muhim masalalardan biri edi. Bu borada ham yaxshi ishlar amalga oshirildiki, natijada barcha qiziquvchilar test sinovlari jarayonlarini maxsus ishga tushirilgan test2020.uz veb-cayti orqali onlayn kuzatib bordilar.  

Tan olish kerak, o‘tgan yilgi tadbir davomida yutuqlar bilan bir qatorda, ayrim kamchiliklar ham kuzatildi. Kamchiliklar jamoatchilik orasida shov-shuv ko‘tardi, salbiy fikrga borishga sabab bo‘ldi. Biroq vijdonan qayd etganda, bu kabi kamchiliklar jiddiy qonunbuzarliklarga olib kelmasidan oldin bartaraf etildi.  

Misol uchun, har qancha texnik vositalar, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari soni ko‘paytirilganligiga qaramay, test sinovi bo‘lib o‘tadigan maydonlarga taqiqlangan vositalar, asosan mobil telefonlari olib kirilganligi, ular yordamida test topshiriqlari kitoblaridagi savollar rasmga olinib, internet nashrlariga joylashtirilganligi ta’bni xira qiladigan holat bo‘ldi. Aytish joizki, mazkur holatning salbiylik hissasi, ijtimoiy tarmoqlarda bong urilganidek, savollarning tarqalib ketganligigida emas, balki mobil aloqa vositalarining ichkariga qanday kirib qolganligidadir. Chunki bunday hollarda savollarning tarqalib ketishi ahamiyatsiz darajaga keltirilgan. Boisi, savollar har bir smena uchun alohida, boshqa smenalarda ishlatilmaydigan tarzda taqsimlangan.  

Bunday holatlar qatoriga maksimal ball to‘plaganlar sonining oshganligi, harbiy imtiyozga ega abituriyentlar tavsiyanomalarini tasdiqlash, natijalarni e’lon qilish bilan bog‘liq ayrim noxush voqealarni kiritish mumkin. Aytgancha, harbiy tavsiyanoma to‘g‘risida. Ma’lumki, o‘tgan yili onlayn ro‘yxatdan o‘tish davomida harbiy tavsiyanomaga ega ekanligini kiritgan va keyinchalik tekshirilgan 11279 nafar abituriyentning imtiyozlari tasdiqlangan, 1828 nafari esa tasdiqlanmagan. Tasdiqlanmagan harbiy imtiyoz bo‘yicha shu tavsiyanomalarni bergan vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda qayta tekshiruv olib borilganda ana shu 1828 tadan 1516 tasi qayta tasdiqlandi, 311 tasi esa tasdiqlanmadi, ya’ni tegishli imtiyozga ega emasligi aniqlandi. Bunday holatni onlay ro‘yxatdan o‘tishda chet tili fani bo‘yicha kiritilgan sertifikatlarda ham uchratish mumkin.

Alohida aytish joizki, bular Davlat test markazining keyingi faoliyati uchun bir maktab, dars hisoblanadi. Ularning qayta yuzaga kelmasligi uchun takomillashtirish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshiriladi, albatta.

–Davlat test markazi OTM qabulidan tashqari yana qanday test sinovlarini o‘tkazadi? Milliy test tizimi haqida ham ma’lumotlar bersangiz?

– Davlat test markazi bugungi kunda 28 turdagi test sinovlarini o‘tkazib kelmoqda. Prognozga ko‘ra joriy o‘quv yilida ularning soni 35 taga yetadi.

Haqiqatan ham, o‘tkazilayotgan test sinovlari orasida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul test sinovlari eng katta jarayon, xalq ichida eng muhimi hisoblanadi.  

Respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, Adliya vazirligi huzuridagi yuridik texnikumlarga, Ichki ishlar vazirligi akademik liseylari, “Temurbeklar maktabi” akademik liseylariga, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tasarrufidagi professional ta’lim muassasalariga, ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim muassasalari (5-, 7-sinflar)ga kirish, professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikum)ga o‘qishga qabul qilish, muddatli harbiy xizmatni tugatayotgan harbiy xizmatchilar uchun test sinovlari kabi ko‘plab yo‘nalishlardagi sinovlarni sanab o‘tish mumkin.

Endi milliy test tizimi haqida. Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 12 oktyabrdagi 646-son qarorida 2020 yil 1 dekabrdan boshlab bosqichma-bosqich bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos fanlar majmuasidagi umumta’lim fanlaridan bilish darajasini baholashning milliy test tizimi joriy etilishi belgilangan.  

Unga ko‘ra, umumta’lim fanlari bo‘yicha sertifikatlash 2020 yil 1 dekabrdan ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti) va matematika, 2021 yil 1 fevraldan kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha, 2022-2024 yillarda fizika, geografiya va tarix fanlari bo‘yicha joriy etiladi.

O‘tgan yil dekabr oyida ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti) hamda matematika fanlari bo‘yicha talabgorlar onlayn ro‘yxatga olindi.

Test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 3 yil muddatga sertifikat beriladi. Shuningdek, 2021/2022 o‘quv yili qabulidan boshlab, tegishli umumta’lim fanlarini bilish darajasi to‘g‘risida davlat namunasidagi sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga sertifikatdagi o‘zlashtirish foiziga mos ravishda oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan ball beriladi.  

–2021/2022 o‘quv yili qabulidagi test sinovlarida qanday yangiliklar kutilayapti?

– Davlat test markazi test sinovlarini tashkil etish, o‘tkazish jarayonlarini muntazam takomillashtirib bormoqda. E’tibor bergan bo‘lsangiz, har yili abituriyent uchun muhim va dolzarb yangilik yoki o‘zgarish kiritib boriladi. Bu yil ham istisno emas. Test sinovlarini o‘tkazishda avvalgi yillardagi kabi o‘zgarish, yangiliklar qilinadi. Lekin jamoatchilik bir narsani to‘g‘ri tushunishini istardim. Yangilik va o‘zgarish to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritilmaydi. Avvaliga u jarayonlarni zamonaviylashirish, takomillashtirish maqsadida olib borilgan o‘rganishlar, tahlillar natijasida har tomonlama puxta o‘ylangan, ijobiy, salbiy tomonlari hisobga olingan, bir necha marta umumiy muhokamadan o‘tgan taklif sifatida dunyoga keladi, ikkinchi bosqichda mazkur takliflar ko‘rib chiqish, huquqiy baho berish uchun tegishli yuqori davlat organlarga taqdim etiladi. Agar taklif tasdiqlansa, keyingi bosqich yuzaga keladi va u joriy etiladi.

Kelgusi rejalar xususida. Avvalo, 2021/2022 o‘quv yili qabulidagi test sinovlarida aytish kerakki, taklif tayyorlash bosqichi bo‘lsa ham, o‘zgarishlar bo‘ladi. Masalan:

birinchidan, oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar uchun cheklanmagan miqdorda ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqini yaratish (bunda to‘plagan ballari bilan tanlov bosqichida abituriyent avvalgidek 5 tagacha emas, balki test sinovi topshirgan fanlar majmui mos keladigan cheklanmagan miqdorda ta’lim yo‘nalishlarini tanlashi mumkin bo‘ladi va o‘qishga kirish imkoniyati keskin oshadi);

ikkinchidan, oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladigan fanlar majmuasiga kiruvchi umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat berish tizimini amaliyotga joriy etish (bunda abituriyent joriy etilgan chet tili fanlaridan sertifikat berilishi kabi abituriyent boshqa umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat olishi va u oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirishda hisobga olinishi yo‘lga qo‘yiladi);

uchinchidan, chet tillarni bilishni baholash bo‘yicha ko‘p darajali test tizimini joriy etish (bunda talabgor sinovlarda bir marta ishtirok etib, mos darajalardan biriga ega bo‘ladi);

to‘rtinchidan, Xalqaro baholash tashkilotlari bilan hamkorlikda test sinovlarini tashkil etish va xalqaro sertifikatlarni berishni yo‘lga qo‘yish (bunda xalqaro tajriba o‘rganiladi, amalda tatbiq etiladi va talabgorlarning ishlari xalqaro baholash mezonlari asosida baholanadi);

beshinchidan, test sinovlarini o‘tkazuvchi yetakchi markazlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish (bunda Davlat test markazi test topshiriqlarini shakllantirishdan to tashkiliy ishlarni amalga oshirishga qadar bu kabi muassasalar bilan hamkorlik bo‘yicha qo‘shma loyihalar ishlab chiqishi, xalqaro ekspertlar ishtirokida treninglar o‘tkazishi, eng maqbul usul va shakllarni joriy etishi mumkin);

oltinchidan, test sinovlarida ishtirok etadigan guruh nazoratchilarini tanlash va tayyorlash mexanizmlarini takomillashtirish (bunda Davlat test markazining rasmiy saytida alohida sahifa ochilib, nazoratchilar tanlovini yil mobaynida amalga oshirish, onlayn tayyorlash va saralash ishlari yo‘lga qo‘yiladi).

– “Cheksiz yo‘nalishni tanlash imkoni”ni qanday tushunish mumkin? Bu qaysi talablar, mezonlar asosida amalga oshiriladi?  

– Ha, buning ham o‘ziga xos talablari bor. Avvalo aytish kerakki, 3 yil oldin, 2018 yilgacha abituriyentlar bor-yo‘g‘i faqat bitta ta’lim yo‘nalishini tanlashi mumkin edi. 2019 yilda bu ko‘rsatkich 3 ta ni, 2020 yilda esa 5 tani tashkil etdi. Bunda avvalo “cheksiz tanlov” iborasi xohlagan ta’lim yo‘nalishini tanlashni anglatmaydi va bunday o‘zgarishni joriy etish uchun test sinovi topshiriladigan fanlarga, ularning ketma-ketligidan qat’i nazar, bir xil ball berilishi talab etiladi. Kengroq tushuntirilganda, “cheksiz tanlov” faqat test sinovi topshiriladigan fanlari bir xil bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlari doirasida amal qiladi.  

Bu o‘zgarish ham abituriyentlarning o‘qishga kirish imkoniyatini keskin oshiradi.

– Endi maktablardagi bitiruv imtihonlari natijalari ham OTMga kirishda hisobga olinarkan. Bu qanday tartibda amalga oshiriladi?

– 2020 yil 6 noyabrda Prezidentimizning “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

2020/2023 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim muassasalari va kasb-hunar maktablari bitiruvchilarining shahodatnomasi (diplom ilovasi) ga majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichi kiritiladi va ushbu ko‘rsatkich oliy ta’lim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olinadi.

2022/2023 o‘quv yiliga qadar Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi va mahalliy ijroiya hokimiyati organlari bilan birgalikda o‘quvchilar bilimini baholash jarayonini raqamlashtirish va shaffofligini ta’minlash maqsadida barcha umumta’lim muassasalarida “Elektron kundalik” dasturi joriy etiladi.

Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim muassasalari va kasb-hunar maktablari bitiruvchilarining baholarini oliy ta’lim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olish tartibi 2021 yil 1 iyunga qadar Davlat test markazi tomonidan Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqiladi va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

– Test tizimini joriy etishdan asosiy maqsad sinovlardagi inson omili ta’sirini kamaytirish edi. Shu maqsadga erishildi, deb o‘ylaysizmi? Umuman, markazda sinovlarini takomillashtirish borasida qanday ishlar amalga oshirilayapti?

– Albatta, test sinovi jarayonlarining shaffofligi, adolatliligini ta’minlashda qanchalik zamonaviy texnologiyalarni joriy qilmang, toki inson omili mavjud ekan, ularning nafi kutilgan darajada bo‘lmaydi. Inson omili bu nisbiy tushuncha hamdir. Axir, o‘sha zamonaviy, tezkor, sifatli texnika va texnologiyalar inson miyasining mahsuli. O‘zi yaratadi, o‘zi boshqaradi. Demak, axborot makoni, uni uzatish texnologiyalari, shakli, usuli kengaygan, zamonaviylashgan sari, axborot xavfsizligi ham shuncha dolzarblashib boraveradi. Shunday ekan, Davlat test markazi axborot xavfsizligi borasida tegishli idoralar bilan birgalikda ish olib boradi va aytish kerakki, bugungi kunda axborot xavfsizligini ta’minlash yuqori bosqichda.

Masalan, bundan 8-10 yillar avval Davlat test markazi xodimlarining soni juda kam bo‘lganligidan shartnoma asosida 45 nafargacha mavsumiy ishchilar yollangan va ular 40-45 kun davomida markaz xodimlari bilan birga ishlagan, bugungi kunga kelib bu ehtiyoj yo‘qoldi. Ko‘rinadiki, yildan-yilga xavfsizlik masalasiga e’tibor kuchayib bormoqda. Zamonaviy texnologiyalar qo‘llanilgan sari ishchi kuchi, demak, inson omili kamayib boraveradi.

2021 yilning “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb atalishi bekorga emas. Chuqurroq o‘ylab ko‘rilsa, har qanday davlatning mavjudligi, kelajagi porloq bo‘lishi shu davlatning millati sog‘lom bo‘lishiga va yoshlariga e’tibor, qo‘llab-quvvatlash, ularni zamonaviy bilim bilan qurollantirishga asoslanadi. Mamlakatimiz qonunchiligi, davlatimiz rahbariyatining siyosati ham allaqachon shu tamoyillarga muvofiq tizimlashtirilgan. Ta’limda bunday tizimlashgan islohotlar hademay mevasini bera boshlaydi, dunyo hamjamiyatida salohiyati yuksak, yetuk, raqobatbardosh, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga yo‘g‘rilgan ma’naviyati boy farzandlarimizdan faxrlanish tuyg‘usi kundalik voqelikka aylanadi. Bunga ishonchim komil.  


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Toshkentda andijonlik "dostavkachi" yigitni zo‘rlagan 2 nafar ayol qamaldi

31 ёшли С.А. пиццани олиб қўлига доставкачига пул тутқақазади ва уйга таклиф қилади.

Ayollarning pensiya yoshi yana 6 oyga oshirildi

Низом 1 июлдан кучга кирди

Qirg‘izistonda favqulodda holat e’lon qilindi

Офат оқибатларини бартараф этишга жами 76 киши ва 12 техника жалб этилган.

"Manchester Siti" rahbariyati: Bu ikki himoyachi klubda qoladi

"Манчестер Сити" раҳбарияти жамоада икки ҳимоячини олиб қолиш ниятида.

Eldor Shomurodovning yangi jamoasi ma’lum. U Italiyadan ketmoqda

"Рома" ҳужумчиси Элдор Шомуродов Италиянинг "Кремонезе" клубига ўтиши ҳақида хабар тарқалганди.

Jahongir Ortiqxo‘jayev Antalyada 550 mln dollarlik loyiha boshlagani ma’lum qilinmoqda

Ўзбек тадбиркори Жаҳонгир Ортиқхўжаев Туркияда 550 млн долларлик йирик инвестиция лойиҳасини амалга оширмоқда. Бу лойиҳа икки давлат ўртасидаги иқтисодий ва маданий алоқаларни янада мустаҳкамлашга хизмат қилмоқда. Ортиқхўжаевнинг фикрича, Ўзбекистон ва Туркия тадбиркорлари ўртасида ишонч ва дўстлик алоқалари юқори.

Lamin Yamal: "Butun dunyo tayyorlansin"

«Барселона» ҳужумчиси Ламин Ямал футболдаги келажаги ҳақида гапирди. Испаниялик футболчи 5 йил ичида бутун дунёни тайёрланишга чақирди.

Eron zarbalarini qaytarishda Isroilga yordam bergan Iordaniyada aroqdan zaharlanib 9 kishi o‘ldi

Бу ҳақда Жамоат хавфсизлиги бошқармаси маълум қилди.

Rossiyada kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Бу ҳақда 2 июль куни "Россия Фанлар академиясининг ягона геофизика хизмати" Федерал тадқиқот марказининг Камчатка бўлими "Телеграм"даги каналида маълум қилди.

Milliy terma jamoamiz darvozaboni O‘tkir Yusupovning Eron klubidagi kelajagi nima bo‘ladi?

Бу ҳақда Uzbekistan Legionaries хабар берди.

Mahmud Muradov chexiyalik modelning qo‘lini so‘radi

Ўзбекистонлик собиқ UFC жангчиси иккинчи маротаба уйланиш арафасида.

O‘zbekistonlik yana bir futbolchi "Manchester Siti"ga o‘tishi mumkin

Бу ҳақда Отабек Умаров айтиб ўтди.

Srechko Katanes: "Jahon chempionatida terma jamoadan hech nima kutmanglar"

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.

Abduqodir Husanov «Barsa»ga o‘tishi mumkin — Deku uni «kelajak himoyachisi» deb biladi

Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.

O‘qituvchi ayol Islom Karimov nomidan xat yozib, hokimdan 700 ming dollar so‘ragani ma’lum bo‘ldi

Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.

Kecha O‘zbekistonda eng issiq harorat rekordi yangilandi!

Бу хақда Ўзгидромет хабар бермоқда.

Ukrainalik harbiy asirlarni olib ketayotgan Il-76 samolyotini urib tushirish buyrug‘ini kim bergani aniq bo‘ldi

60 дан ортиқ украиналик асир бўлган самолёт 2024 йил 24 январда “Patriot” комплексининг MIM-104A ракетаси билан уриб туширилганди.

BRIKS davlatlari rahbarlari Trampga qarshi yurish qilmoqchi

Бу ҳақда Bloomberg агентлиги манбаларга таяниб хабар берди.

BMT Gulnora Karimova haqidagi xulosani e’lon qildi

Каримова фирибгарлик ва ўзлаштириш айбловлари билан судланган. БМТ унинг ҳуқуқлари, жумладан, эркинлик, адолатли суд ва айбсизлик презумпцияси бузилганини таъкидлаган.

Moskvada Transneft top-menejeri Andrey Badalov o‘lik holda topildi

Давлат нефть корпорацияси Бадаловнинг “тўсатдан ўлими”га бағишланган пресс-релизда унинг раҳбарлигида “қисқа вақт ичида кенг кўламли илм-фанни талаб қилувчи лойиҳалар амалга оширилганини” таъкидлади

Dron hujumlari tufayli Pulkovo va Sheremetevo aeroportlarida 200 dan ortiq reys kechiktirildi

Пулково аэропортида эса 100 дан ортиқ рейс кечиктирилган ва 30 дан ортиқ рейс бекор қилинган. Бунинг оқибатида аэропортларда йўловчилар тўпланиб қолган.

Toshkent viloyatida 7 yoshli bola o‘gay otasi va onasi tomonidan kaltaklandi

Ҳолат юзасидан боланинг онаси маъмурий жавобгарликка тортилган.

Agrobank Andijon filialida yirik kredit talon-tarojligi fosh etildi — sobiq rahbar 8,5 yilga qamaldi

Қизиғи шундаки, ушбу филиал раҳбари 2024 йилнинг ўзида 3 марта, 2025 йилда эса 1 марта жиноий жавобгарликка тортилган.

Rimdagi portlashda jarohatlanganlar soni 45 kishiga yetdi (video)

Бу ҳақда Rainews24 телеканали хабар берди.

Janubiy Koreyada jazirama oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Ҳукумат статистика юрита бошлаган 15 июндан буён иссиқ уришдан азият чекканлар сони 633 нафарга етди.

Isroil askarlari El-Xalilda halok bo‘lgan falastinlik bilan vidolashuv marosimini to‘xtatib qo‘ydi

Исроил армияси Ғарб соҳилидаги Эль-Халил шаҳрида жойлашган хонадонга рейд уюштириб, ҳалок бўлган фаластинлик билан видолашув маросимига халал берди. Марҳум аввалроқ Исроил қамоқхонасидан озод этилган ва кейинроқ Ғаза секторидаги Исроил бомбардимони оқибатида ҳалок бўлган эди.

Toshkent viloyatida xotinini kaltaklab o‘ldirgan erkakka sud hukmi o‘qildi

Тошкент вилоятининг Оққурғон туманида турмуш ўртоғининг ўлимига сабаб бўлган эркак суд ҳукми билан узоқ муддатга қамалди.

Shavkat Mirziyoyev Isroil — Falastin ziddiyati haqida gapirdi

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 4 июль куни Хонкенди шаҳрида Иқтисодий ҳамкорлик ташкилотининг 17-саммитида иштирок этди.

Surxondaryoda keksa ayol o‘z uyida o‘ldirib ketildi

Мазкур ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг 97-моддаси 1-қисми билан жиноят иши қўзғатилиб, уни фош этиш чоралари кўрилмоқда.

Chexiyada o‘q-dorilar saqlanadigan joy issiqdan portlab ketdi

Ёнғинни ўчириш учун самолётлардан фойдаланган ҳолда 12 та ўт ўчириш бўлими сафарбар этилган.

Rossiya harbiy-dengiz floti bosh qo‘mondoni o‘rinbosari Kurskda halok bo‘ldi

Вазирликка алоқадор “Звезда” телеканалида берилган хабарда айтилишича, Гудков 2 июл куни Курск областининг чегара ҳудудларидан бирида жанговар вазифаларни бажариш чоғида ҳалок бўлган.

Ikki o‘zbekistonlik AQShga noqonuniy muhojirlarni olib kirishda ayblanyapti

Икки Ўзбекистон фуқароси молиявий даромад олиш мақсадида АҚШга ноқонуний муҳожирларни олиб киришда айбланмоқда.

BMT maxsus ma’ruzachici: Isroil zamonaviy tarixdagi eng shafqatsiz genosidlardan birining mas’ulidir

Бу ҳақда БМТнинг оккупация қилинган фаластин ҳудудларида инсон ҳуқуқлари ҳолати бўйича махсус маърузачиcи Франческа Альбанезе билдирди.

Moskva markazida ichida FSB xodimlari bo‘lgan mashina portlab ketdi

Маълумотларга кўра, аёл фавқулодда хизмат ходимлари етиб келгунга қадар олов эгаллаб олган машина ичида отасини чиқариб олишга муваффақ бўлган.

"Qamchiq" dovonida yuk mashinasi yong‘in chiqdi

Ҳозирда ёнғин сабаби ва моддий зарар миқдори аниқланмоқда.

Yaponiyada bir yarim hafta ichida deyarli 900 ta zilzila sodir bo‘ldi

Ҳудуд қарийб икки ҳафтадан бери кучли силкинишлардан азият чекмоқда.

Inson huquqlari himoyachilari yana bong urdi

Исроил Ғазо сектори аҳолиси, хусусан, болаларни атайин оч қолдирмоқда, яъни очликдан қурол сифатида фойдаланмоқда. Defence for Children International ва Doctors Against Genocide ташкилотлари томонидан эълон қилинган “Бутун авлодларнинг оч қолдирилиши” ҳисоботида шундай хулоса илгари сурилган.

Avval o‘zi hibsga olindi, endi kompaniyasi musodara qilinmoqda...

Арманистон суди уни “ҳокимиятни эгаллаб олишга чақиришда” айблаб ДХХ қамоқхонасига жойлаштирди. Шу вақтнинг ўзида унга тегишли бўлган "Арманистон электр тармоқлари" (АЭТ) компаниясини миллийлаштириш бошланди.

Turkiyada erkak kana tufayli o‘rmonga o‘t qo‘ydi

Туркияда кана туфайли 12 гектар ўрмонга ўт қўйган эркак ҳибсга олинди.

Surxondaryoda yirik hajmli quvur yorilib ketdi

Дарҳол 3 та насос агрегати фаолияти тўхтатилган ва таҳлил бригадаси тезкор тадбирлар кўрган.