2020 yil rangi ma’lum qilindi

2020 yil rangi ma’lum qilindi

Lok-bo‘yoq qoplamalarining premial brendi Dulux 2020 yil rangini e’lon qildi. Yil rangining taqdimoti YouTube’da e’lon qilindi.

“Dulux talqini bo‘yicha 2020 yil rangini taqdim qilamiz: tonggi osmon bilan keltirilgan pastel yashil – “Osuda tong” (Tranquil Dawn)”, deyilgan rolikka izohda.

Dulux saytida ta’kidlanishicha, bu rangni hordiq yoki o‘yin uchun xonalarda hamda “ijod va mazmun izlash”da qo‘llash mumkin.

Fevral oyida" Pantone" xalqaro tadqiqot instituti talqini bo‘yicha 2020 yil rangi ko‘k rang bo‘lishi ma’lum qilingandi. Kompaniya vise-prezidenti ta’kidlaganidek, aynan dengiz ranglari bo‘lg‘usi dizaynerlik to‘plamlari uchun asosiy ilhom manbai bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!