2018 yilgi jahon chempioni oltin medalini sotdi

2018 yilgi jahon chempioni oltin medalini sotdi

Futbol bo‘yicha Fransiya milliy terma jamoasi o‘yinchisi 2018 yildagi jahon chempionligi uchun berilgan oltin medalni kim oshdi savdosiga qo‘ydi. Bu haqda Le Soir xabar bermoqda.

Mukofotni sotishga qaror qilgan o‘yinchining ismi aytilmagan. Sportchi oltin medalining sotuvidan deyarli 66 ming yevro daromad olishga muvaffaq bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, 1994 va 2002 yilgi Jahon chempionatlarining oltin medallari xuddi shu kim oshdi savdosida sotilgan. Ikkala turnir g‘oliblari Braziliya terma jamoasi edi. Ushbu mukofotlar mos ravishda 44 va 46 ming yevroga narxlangandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!