2 oyda O‘zbekistonga davolanish maqsadida necha nafar chet el fuqarolari kelgani aniqlashtirildi

2 oyda O‘zbekistonga davolanish maqsadida necha nafar chet el fuqarolari kelgani aniqlashtirildi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-fevral oylarida qariyb 13 mingdan ortiq chet el fuqarolari davolanish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2 ming nafarga yoki 18,5 % ga oshgan.

O‘zbekistonga 2 oyda davolanish maqsadida eng ko‘p tashrif buyurgan davlatlar fuqarolari soni:

Tojikiston – 8,7 ming nafar

Qozog‘iston – 2 ming nafar

Qirg‘iz R. – 1,9 ming nafar

Rossiya – 220 nafar

Turkmaniston — 144 nafar


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!