2-5 avgust kunlari Toshkentda kuchli shamol bo‘lishi va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

2-5 avgust kunlari Toshkentda kuchli shamol bo‘lishi va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

2-5 avgust kunlari Toshkentda kuchli shamol bo‘lishi va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi ogohlantirdi.

"Sizdan ehtiyotkorlik choralariga rioya qilishingizni, daraxtlar va temirli qurilmalar tagiga avtomashinalaringizni qo‘ymasligingizni so‘raymiz.

Eslatib o‘tamiz, noqulay ob-havo sharoiti – kuchli shamol, yog‘ingarchiliklar bilan bog‘liq har qanday favqulodda vaziyatlarda Toshkent shahar hokimligining tegishli xizmatlari bilan (71) 212-69-80, (71) 212-69-82, 1050 va 1055 raqamlariga murojaat qilib bog‘lanishingiz mumkin", – deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!