O‘zbekistonga tijorat maqsadida eng ko‘p qaysi davlatlarning fuqarolari tashrif buyurgan?

O‘zbekistonga tijorat maqsadida eng ko‘p qaysi davlatlarning fuqarolari tashrif buyurgan?

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-aprel oylarida 38,4 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

✅ Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda
24,4 ming nafarga yoki 2,7 barobarga oshgan.

✅ Joriy yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston Respublikasiga tijorat maqsadida kelgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha:

Turkmaniston — 23 376 nafar;

Tojikiston — 11 186 nafar;

Afg‘oniston — 1 087 nafar;

Xitoy — 547 nafar;

Turkiya — 410 nafar;

Hindiston —366 nafar;

Qirg‘iz Respublikasi — 231 nafar;

Janubiy Koreya — 227 nafar;

Eron — 115 nafar;

AQSh — 115 nafar;

Boshqa davlatlar — 747 nafar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!