"O‘zbekiston temir yo‘llari"ning badbo‘y, kir va chang bosgan vagonlaridan reportaj

A A A
"O‘zbekiston temir yo‘llari"ning badbo‘y, kir va chang bosgan vagonlaridan reportaj

Rost24.uz axborot sayti 60 yillik poyezdning barcha (haydovchi xonasidan tashqari) xonalarini ko‘zdan kechirdi.

Poytaxtimizdagi Janubiy vokzaldan «Toshkent — Qo‘ng‘irot» yo‘nalishidagi poyezdga chiqqach, biz uchun haqiqiy sarguzasht boshlandi. Vagon ichiga qadam qo‘yar ekanmiz birdaniga badbo‘y, sassiq hid dimoqqa urildi. Yangicha dunyo, poytaxtdan uzoqdagi odamlarning bugungi hayoti bilan tanishish istagi, uzoqlarda yashayotgan zamondoshlarimizning o‘y-hayolini, turmush tarzini yaqindan bilib, yangi mavzularda maqola va reportajlar tayyorlash orzusida yo‘lga chiqqan sarguzashttalab ijodkorlarning bu safari xiyla ko‘ngilsizlik bilan boshlandi.

Dimiqqan, xira tortgan ichki yo‘laklar shu qadar torki, ikki kishi qarama-qarshi uchrashib qolsa, bir-biriga urilmay yo‘lida davom etishning iloji yo‘q. Vagonlar orasidan o‘tish yo‘lakchasi esa, jonni xatarga qo‘yish bilan barobar. O‘rindiqlar, eshiklar, deraza-yu pardalarigacha barcha barchasi sizga urush yillari eslatadi. Tezyurar, zamonaviy yo‘lovchi transportida yurganlarning bu hududga kirib qolishi, go‘yo ular uchun qadim dunyoga tushib qolgandek tuyuladi.

Poyezd asta-sekinlik bilan yo‘ldan qo‘zg‘alar ekan, ne-ne shaharlaru, dalayu qirlardan, qoraqalpoq kengliklaridan o‘tadigan og‘ir va uzoq manzilni qanday bosib o‘tirkanmiz, degan hadik tinchlik bermaydi senga. Toza artilmagan, kir-chir bo‘lib yotgan yo‘laklardan yurar ekansiz, ko‘mir to‘kilgan burchaklar, chang bosib yotgan “palas”lardan tezroq qutilish uchun oldinga intilamiz. Badbo‘y hid esa poyezdning har tarafidan sizni ta’qib qilib kelaveradi. Hatto tamaddixonada ham u siz bilan birga qoladi.

Poyezd xodimlarining tili bilan «restoran», deb atalgan bu joyni biz hatto “kafe”, tamaddixona ham demagan bo‘lardik. Bunday ko‘rinishdagi ovqatlanish joyida choy ichish, tamaddi qilish juda-juda mushkul. Ko‘chgan, eskirgan dog‘li stol-stullar, aroq hidi anqib turgan bu “qorong‘u xona”, poyezdning qo‘lansa hidiga aralashib ketgan bir nuqtasidan kelayotgan ovqat xidi, ko‘ngilni behuzr qiladi.

Bu "restoran"da ovqat yeyish u yoqda tursin, stullarga ham o‘ylab o‘tirasiz. Hojatxonani esa tasvirlashni ep ko‘rmadik, chunki bu tasvirlarni jurnalistika etikasi ko‘tara olmaydi. Tor “kupe”larning biriga joylashgan bo‘lsangiz, do‘ppingizni osmonga otsangiz ham bo‘ladi. Eng og‘iri – plaskartda o‘tirib yo‘lga chiqish. Tiqilinch, odamlar yozning jazirama issig‘i, qishning ayozli havosida “plaskart”da ketadilar. «Kupe» deb atalgan taxminan 4 metr kub joyga to‘rt kishini joylash, bu qamoqxonadagi sharoitdan ham noqulay bo‘lsa, kerak. Uniqqan, nam tortgan ensiz matraslar, “ventilyasiya” yo‘q, badbo‘y, erkin harakatlanish imkoniyati bo‘lmagan tor, chang xonalarda odam tashish, insonlar hayotiga behurmatlikdan boshqa narsa emas. Pul to‘lab shu sharoitda ketishning o‘zi achinarli.

Aslida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ aholini shunday og‘ir sharoitda tashigani uchun kompensasiya to‘lashi kerak. «O‘zbekiston havo yo‘llari»ning osmon qadar narxlaridan qutqarib kelayotgan bu poyezd xuddi jazo o‘taladigan hududga o‘xshaydi.

1959 yillarda suratga olingan «Jazda faqat qizlar», «Sharqiy ekspressdagi qotillik» kabi tarixiy filmlarda ko‘rgan poyezd “kupe”lari ham bugun xizmat ko‘rsatayotgan «O‘zbekiston temir yo‘llari»ning bu poyezdidan ming chandon yaxshiroq ko‘rinadi.

Bugungi kun talabiga umuman javob bera olmaydigan sobiq sovet ittifoqi davridan «meros qolgan» poyezdlarni yana qancha ekspluatasiya qilish mumkin? «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning nafaqat poyezdlari, balki rahbariyati dunyoqarashi ham sovet davridan «meros qolgan» ko‘rinadi. Chunki bugungi dunyoqarash bilan «O‘zbekiston temir yo‘llari»AJning 60-70 yillik poyezdlarida aholiga xizmat ko‘rsatishga har kim ham jazm qila olmaydi.

Shu sharoitda ko‘pgina talabalar, muhojirlar va boshqa yo‘lovchilar Rossiya davlatigacha qatnaydi. Bu sharoitda 3 kun davomida Rossiya chegarasigacha sog‘-salomat yetib olishning o‘zi haqiqiy qahramonlik bo‘lsa, ajab emas.

Shu ahvolni aholiga ravo ko‘rayotgan mas’ullarni doim rahbarlar yonida qo‘li ko‘ksida ko‘ramiz. Bugungi davr dunyoqarashi bilan rasmana sovet davrining «sarqiti» deyish mumkin bo‘lgan o‘sha poyezdlarni hamon boqimandalik bilan ishlatishga yo‘l qo‘yib kelayotgan rahbariyat o‘zi qachon oxirgi marta bu vagonlarga chiqqan ekan?..

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ mas’ullari, shu rahbariyatda 19 yil faoliyat yuritgan Ochilboy Ramatovning o‘zlarini ham marhamat qilib ushbu “kupe”larda sayr qilishga taklif qilgan bo‘lardik.

Bizning bu yo‘lovchi poyezddagi sarguzashtimiz ham 16 soat o‘tib, Nukusga yetganimizdan so‘ng yakuniga yetdi.

Shu tariqa «jazo o‘taladigan hudud»dan chiqishga muvaffaq bo‘ldik, toza havodan o‘pkamizni to‘ldirib, to‘yib-to‘yib nafas oldik, ammo ustimizdan hamon poyezdning badbo‘y hidi, ko‘z o‘ngimizdan qadim zamonlardan qolgan xaroba vagonlari, qulog‘imizdan esa taraqa-turuq shovqini ketmayapti.

19 yil Ramatov boshqargan "O‘zbekiston temir yo‘llari"ning badbo‘y, kir va chang bosgan vagonlaridan reportaj19 yil Ramatov boshqargan "O‘zbekiston temir yo‘llari"ning badbo‘y, kir va chang bosgan vagonlaridan reportaj19 yil Ramatov boshqargan "O‘zbekiston temir yo‘llari"ning badbo‘y, kir va chang bosgan vagonlaridan reportaj


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Million rossiyalik mamlakatni tark etdi

Тадқиқот муаллифларининг таъкидлашича, уруш бошланганидан кейин ҳарбий хизматдан қочишга уринган ва мамлакатни тарк этаётган эркаклар сони сезиларли даражада ошган.

47°C issiqlikda tong ham, tun ham yo‘q: Hindistonning eng issiq hududida bir kun

Ҳиндистоннинг Уттар-Прадеш штатидаги Банда туманида ҳаёт сўнгги ҳафталарда мисли кўрилмаган жазирама иссиқлик шароитида кечмоқда.

Timmi ismli kit bioyoqilg‘iga aylanadi

Бу ҳақда Die Zeit нашри хабар берди.

O‘zbekistonning "JCH-2026"da guruh bosqichida chiqib ketishi bashorat qilindi

Футбол бўйича таҳлилий тадқиқотлар олиб борадиган Football Meets Data компанияси 2026 йилги жаҳон чемпионатида плей-офф босқичига чиқиш эҳтимоли энг паст бўлган ўнта терма жамоа рўйхатини эълон қилди, деб хабар беради Sports.kz.

Jaloliddin Masharipov terma jamoa qaydnomasidan chiqarilmoqda

Жалолиддин Машарипов Ўзбекистон миллий терма жамоаси қайдномасидан чиқарилгани хабар қилинмоқда. Унинг ўрнига Русланбек Жиянов 26 нафар футболчидан иборат якуний рўйхатга киритилиши кутилмоқда.

Andijonda IIB xodimi voyaga yetmagan shaxsning nomusiga tekkanligi aytilmoqda. Gumonlanuvchi 2004 yilgi Olimpiada bronza medali sohibi(?)

Ижтимоий тармоқда ИИБ ходими вояга етмаган шахснинг номусига текканлиги ҳолати юзасидан ҳабар жойлаштирилган.

AQShda ham to‘y qilayotganlar aqldan ozmoqda

Бу ҳақда New York Post нашри хабар беради.

Jasjan Rossiyada qo‘lga olindi: bloger kechirim so‘radi

У метро йўловчиларини турли провокацион ҳаракатлар орқали жанжалга ундаб, уларнинг реакцияларини видеога олган ва кейинчалик ушбу лавҳаларни ижтимоий тармоқларда тарқатиб келган.

19 nafar amaldor ishdan olindi, 36 nafari jazolandi

Натижада 36 нафар ходим интизомий жавобгарликка тортилди, 19 нафар масъул эса лавозимидан озод этилди.

O‘zbekiston terma jamoasi sardori Shomurodov yangi klubda 3 mln yevro maosh olmoqchi

"Metaratings.ru" нашри хабарига кўра, Саудия Арабистони клублари Ўзбекистон терма жамоаси ва "Истанбул Бошакшеҳир" ҳужумчиси Элдор Шомуродовга қизиқиш билдирмоқда.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Шунингдек, ўқувчиларнинг ота-оналари «Энг фаол ота», «Жонкуяр она», «Масъулиятли ота-она» каби номинациялар ҳамда «Миннатдорчилик хат»лари билан тақдирланиши белгиланган.

O‘zbekistonda yangi ko‘l paydo bo‘ldi

Бухоро вилоятидаги Қизилқум чўли ўртасида тахминан 80 квадрат километр майдонни эгаллаган йирик сув ҳавзаси аниқланди.

O‘zbek futbolchilarining o‘yindan keyin qilgan ishi kanadaliklarni hayratga soldi!

2026 йилги жаҳон чемпионатидаги дебютига пухта тайёргарлик кўраётган Ўзбекистон миллий терма жамоаси жаҳон миқёсида ҳам эътибор ва эътироф қозона бошлади.

Eron 57 ta musulmon davlatidan iborat “Islom NATOsi” ni tuzishga chaqirdi

Бу ҳақда Iran International хабар берди.

Toshkentda qoidabuzar haydovchi qurol yordamida to‘xtatildi (video)

Мазкур ҳолат юзасидан қуйидагилар маълум қилинди.

JChda Masharipovning o‘rnini kim egallashi ma’lum bo‘ldi

Фотосессиялар йирик мусобақалар олдидан жамоаларнинг барча футболчилари ва бош мураббий иштирокида ташкил этилади ва ташкилий қўмитанинг расмий фото суратчиси томонидан амалга оширилади.

Andijonda "kibr ko‘cha-2" ochildi (video)

Андижон шаҳрининг Қўшариқ даҳаси ҳудудида миллий қадриятлар ва замонавий қулайликлар мужассам бўлган янги гастрономик кўча фаолият бошлади.

JCH-2026 start oldi: Meksika ilk o‘yinda g‘alaba qozondi, JAR esa maydonda 9 kishi bo‘lib qoldi (video)

ЖЧ-2026нинг дастлабки голи муаллифи 9-дақиқада Хулиан Киньонес бўлди

Rossiyada MAKS aviasaloni yana bekor qilindi

Россия Мудофаа вазирлиги буни "ҳозирги тезкор вазият" билан изоҳлади.

Kit Kellog Isroilning yadroviy quroli borligini “ochiqlab qo‘ydi”

Fox News хабар беришича, АҚШ президентининг Украина бўйича собиқ махсус вакили Кит Келлог Исроилда ядровий қурол мавжудлиги ҳақида жамоатчиликда янги муҳокамаларга сабаб бўладиган баёнот берган.

Turkiyaning vaqt sekinlashadigan qishloqlari haqida bilasizmi?

Сўнгги йилларда секин саёҳат (clow travel) замонавий туризмнинг муҳим йўналишларидан бирига айланди. Сайёҳлар тобора сокин, мазмунли ва мақсадли саёҳатни афзал кўрмоқда.

Surxondaryoda uch nafar o‘smir daryoga cho‘kib, halok bo‘ldi

Сурхондарё вилоятининг Жарқўрғон туманида дарёга чўмилиш учун тушган беш нафар йигитдан уч нафари кучли оқим қурбони бўлди.

Tailand sudi ikki erkakni o‘lim jazosiga hukm qildi

Ҳужум оқибатида 20 киши ҳалок бўлган, 120 дан ортиқ инсон жароҳатланган эди.

Professor Hasan Hasanovning “Vengerlar va ozarbayjonlarning umumiy etnik ildizlari” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

2026 йил 10 июнь куни Туркий Маданият ва Мерос Жамғармаси бош қароргоҳида ташкилотнинг “Туркий дунё дипломатияси дурдоналари” китоблар туркуми доирасида нашр этилган янги асар — таниқли жамоат, давлат ва сиёсат арбоби, Туркий Давлатлар Ташкилоти Оқсоқоллар Кенгаши аъзоси, тарих фанлари доктори, профессор Ҳасан Ҳасановнинг “Венгерлар ва озарбайжонларнинг умумий этник илдизлари” номли китоби тақдимоти бўлиб ўтди.

Tramp Eronga qarshi yangi kuchli zarbalar bilan tahdid qildi

Дональд Трамп АҚШ яқин соатларда Эронга қарши яна бир қатор “жуда кучли зарбалар” бериши мумкинлигини маълум қилди.

Surxondaryoda poyezdda yo‘lovchi ayolga shilqimlik qilgan chipta sotuvchisi 5 sutkaga qamaldi

Жабрланувчининг кўрсатмасига кўра, у манзилга яқинлашганда чипта сотувчиси унинг орқасидан келиб қучоқлаган.

Andijondagi poliklinikada 4 kishi zaharlanib vafot etdi

Фавқулодда вазиятлар вазирлиги матбуот хизмати Марҳаматдаги ҳолатда қутқарувчилар 4 жасадни чиқариб олгани тасдиқлади.

Faqat ovoz va royal: Jon Lejend Samarqandga unutilmas oqshom tuhfa etdi

8 июнь куни Самарқанддаги Регистон майдонида дунёга машҳур қўшиқчи, қўшиқнавис ҳамда «Грэмми», «Оскар», «Тони» ва «Эмми» мукофотлари соҳиби Жон Ледженднинг узоқ кутилган концерти бўлиб ўтди.

Jizzaxdagi parkda attraksion sinishi oqibatida 4 kishi jarohatlandi

Билдирилишича, ҳозирги вақтда жабрланганлар маҳаллий шифохона масъуллари назоратида.

G‘azo vayronalar ostidagi jasadlar sabab kemiruvchilar bosqiniga uchradi — Financial Times

Аҳоли кемирувчилардан ташқари чивин, бурга ва битларга қарши курашишга ҳам мажбур бўлмоқда.

Pokiston Afg‘oniston hududiga havo zarbalari berdi

Покистон Афғонистон билан чегара бўйлаб ҳаво зарбалари уюштирди. Бу ҳужумлар минтақада бир неча ой давом этган нисбий тинчликдан кейин содир бўлди.

Shimoliy Irlandiyadagi pichoqli hujum ortidan muhojirlarga qarshi tartibsizliklar boshlandi

Шимолий Ирландиянинг бир қатор шаҳарларида муҳожирларга қарши оммавий тартибсизликлар юз берди. Намойишлар Белфаст шаҳрида суданлик эркакнинг бир кишига пичоқ билан ҳужум қилгани ҳақидаги хабарлар ортидан бошланган.

O‘zbekiston delegasiyasi Rossiyada bir qator samarali uchrashuvlar o‘tkazdi

Ўзбекистон Республикаси Президенти матбуот котиби Шерзод Асадов бошчилигидаги делегация Россияда ташриф билан бўлди.

Gonkong OAV O‘zbekiston turizmiga yuqori baho berdi: vizasiz rejim va to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar kutilmoqda

“HK TVB News Today” телеканали орқали Гонконг ва Ўзбекистон ўртасида визасиз режим муддати узайтирилаётгани ҳамда икки мамлакат ўртасида тўғридан-тўғри рейслар йўлга қўйилиши кутилмоқда экани, шунингдек, Гонконг сайёҳлик агентликлари икки томонлама туризмни ривожлантиришга умид билан қараётгани ҳақида материал эълон қилинди.

Sud tizimida yangi nazorat mexanizmi: shaffoflik va halollikni ta’minlashning qo‘shimcha kafolati

Президент Фармони билан суд тизимида коррупциявий хавф-хатарларни барвақт аниқлаш ва олдини олишга қаратилган янги механизмлар жорий этилмоқда. Шу мақсадда Олий суд таркибида Комплаенс назорати хизмати ташкил этилиши белгиланган.

Sirdaryoda chiyabo‘ri odamlarga hujum qildi

Битта чиябўри 4 кишига ҳужум қилган. Шу маҳаллада яшовчи эркак тезкор чоралар кўриб, ҳайвонни зарарсизлантирган.

Xalqaro jinoyat sudi prokurori Karim Xonga qarshi tergovda jiddiy qonunbuzarliklar aniqlandi

Associated Press (AP) хабар беришича, Халқаро жиноят суди (ХЖС) прокурори Карим Хонга қарши олиб борилган ички тергов унинг хизмат вазифаларини жиддий бузган бўлиши мумкинлигини кўрсатган.

Istanbulda o‘zbekistonlik 6 yoshli bola tramvay ostida qolib vafot etdi

Аниқланишича, вафот этган фуқаро ота-она ва яқинлари билан бирга Туркияга сайёҳ сифатида келган.

Suriya davlatidagi terrorizmni moliyalashtirishda ayblangan 8 kishi qamaldi

«Саад Мухтор» тахаллусли мазкур шахс Telegram мессенжери орқали Фаластинда жабр кўрган мусулмонларга эҳсон қилиш ниқоби остида пул йиғиш билан шуғулланган.