19 may sanasida sodir bo‘lgan muhim tarixiy voqealar
1571 yil—Migel Lopes Legaspi Filippin poytaxti Manila shahriga asos solgan;
1649 yil —Angliya respublika deb e’lon qilingan;
1798 yil — Napoleonning Misrga yurishi boshlangan;
1900 yil — Tonga orollari ustida Britaniya protektorati tashkil etilgan;
1921 yil— AQSh Kongressi Yevropa mamlakatlaridan, birinchi navbatda Rossiya, Gresiya va Italiyadan emigrantlarni qabul qilish kvotasini sezilarli darajada qisqartirishga qaror qilgan;
1926 yil — Tomas Edison o‘zining birinchi radio chiqishlarini o‘tkazgan. Atlantik-Siti shahridagi National Electric Company tomonidan o‘tkazilgan ziyofatda undan mikrofon oldida so‘zlashi so‘ralgan. Ixtirochi chalkashib degan: "Men nima deyishni bilmayman ... Men bunday narsa oldida birinchi marta gaplashayapman. Xayrli tun!"
1950 yil —Iroqdan yahudiylarning birinchi partiyasi Isroilga yetib kelgan;
1961 yil —Venera 1 uchuvchisiz kosmik kemasi birinchi marta Venera yaqinida parvoz qilgan;
1969 yil — Rozarioda (Argentina) diktaturaga qarshi qo‘zg‘olon boshlangan;
1991 yil —Kuvayt sudi Saddam Xusaynning futbolkasini kiyganligi uchun bir kishini 15 yilga ozodlikdan mahrum qilgan;
🇺🇿1995 yil—Toshkentda Xalqaro Islom tadqiqoti markazi ochilgan;
2011 yil —rejissyor Rob Marshal tomonidan suratga olingan "Karib dengizi qaroqchilari: notanish suv oqimlarida" filmining premyerasi bo‘lib o‘tgan. Asosiy rollarni Jonni Depp, Penelopa Kruz, Jefri Rash ijro etishgan;
2012 yil — Londonning «Chelsi» klubi finalda «Bavariya» ni mag‘lub etib, birinchi marta UEFA Chempionlar Ligasini yutgan.
