16 maydan Olmaota – Toshkent yo‘nalishida “Tulpor Talgo” poyezdi qatnovi qayta tiklandi

16 maydan Olmaota – Toshkent yo‘nalishida “Tulpor Talgo” poyezdi qatnovi qayta tiklandi

2 yarim yillik tanaffusdan so‘ng ilk bor O‘zbekistonga qarab yo‘l olgan poyezd bugun soat 11:05 da Toshkent Markaziy temir yo‘l vokzaliga kirib keldi.

Tarkibi 24 ta yo‘lovchi vagondan iborat bo‘lgan poyezd bir tomonga harakatlanganda 425 nafar yo‘lovchini o‘z manziliga yetkazib qo‘yish imkoniyatga ega.

Harakat jadvaliga ko‘ra poyezd haftaning dushanba, chorshanba va shanba kunlari Olmaota-2 temir yo‘l vokzalidan soat 18:32 da, shuningdek, haftaning seshanba, payshanba hamda yakshanba kunlari soat 12:39 da – Toshkent markaziy temir yo‘l vokzalidan harakatlanadi.

Chipta narxi 465 ming so‘mdan boshlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!