16 aprel kuni Buxarest shahrida Ruminiya Savdo-sanoat palatasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

16 aprel kuni Buxarest shahrida Ruminiya Savdo-sanoat palatasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Uchrashuvda tomonlar savdo-iqtisodiy va investisiyaviy aloqalarni bugungi holatini, shuningdek, O‘zbekiston va Ruminiya o‘rtasidagi turli sohalardagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.

O‘zbekistonda ishlab chiqarishning jadal rivojlanib borayotgan hamda eksport salohiyati baland yo‘nalish – asalarichilik sohasi, undagi innovasiyalar va ilg‘or tajribalar Ruminiya Savdo-sanoat palatasida katta qiziqish uyg‘otdi. Shu bois, ikki Palata hamkorligida O‘zbek va Ruminiya asalchi tadbirkorlari metodikasini isloh qilish hamda tajriba almashtirish maqsadida, O‘zbekistonda qo‘shma “Asal studiyasi”ni tashil etishga kelishib olindi.

Yuqori sifatli asalga Yevropa bozorida talab katta bo‘lganligi sababli, o‘zbek asalarichilari Ruminiya buyurtmasi asosida nufuzli brendlar qadog‘i ostida eksportni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari ishtirokida tashriflar, biznes-forumlar, B2B muzokaralar, ko‘rgazma va yarmarkalar, “savdo uylari”ni tashkil etish orqali o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida, o‘zbekistonlik tadbirkorlardan iborat delegasiya oktyabr oyida Ruminiyada bo‘lib o‘tadigan “Indagra Food 2024” ko‘rgazmasiga ishtirok uchun taklif etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!