— Otamdan qolgan xonadonda tug‘ilgan vaqtimdan buyon yashab kelaman. Akam bundan 15 yil muqaddam oilasi bilan Rossiyaga ketganicha biror marta ota-onamdan xabar olmagan. Hatto otam vafot etganida ham kelmagan. Endi esa uy-joyda haqi borligini aytib, meros talashyapti. Yuqoridagi holatni inobatga olib, akam merosdan chetlatilishi mumkinmi?
Ismi sir tutildi
Abbos Saydaxmedov, fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudi sudyasi:
— Meros qoldiruvchining vafotidan keyin unga tegishli huquq va majburiyatlar, ashyoviy huquqlar meros massasi hisoblanadi.
FKning 1135-moddasiga muvofiq meros qoldiruvchining farzandlari (farzandlikka olinganlar) birinchi navbatdagi merosxur bo‘ladi va meros mulki yuzasidan vasiyat bo‘lmasa, qonun bo‘yicha merosga chaqiriladi.
Kodeksning 1119-moddasiga muvofiq, Meros qoldiruvchini yoki ehtimol tutilgan merosxo‘rlardan birortasini qasddan o‘ldirgan yoki ularning hayotiga suiqasd qilgan shaxslar vasiyat bo‘yicha ham, qonun bo‘yicha ham meros olish huquqiga ega emaslar. Vasiyat qiluvchi o‘z hayotiga suiqasd qilinganidan keyin vasiyatnoma bergan shaxslar bundan mustasno.
Meros qoldiruvchi o‘zining oxirgi xohish-irodasini amalga oshirishiga qasddan to‘sqinlik qilgan va shu orqali o‘zlarining yoki o‘zlariga yaqin shaxslarning vorislikka chaqirilishiga yoxud merosning o‘zlariga yoki o‘zlariga yaqin shaxslarga tegishli ulushi ko‘paytirilishiga imkon yaratgan shaxslar vasiyatnoma bo‘yicha ham, qonun bo‘yicha ham meros olish huquqiga ega emaslar.
Bolalariga nisbatan ota-onalik huquqlaridan mahrum etilgan va meros ochilgan paytda bu huquqlari tiklanmagan ota-onalar ana shu bolalardan qolgan mulkka voris bo‘lish huquqiga ega emaslar, shuningdek meros qoldiruvchiga ta’minlab turish yuzasidan qonunga ko‘ra zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlagan ota-onalar (farzandlikka oluvchilar) va voyaga yetgan bolalar (farzandlikka olinganlar) qonun bo‘yicha vorislik qilish huquqiga ega emaslar.
Noloyiq merosxo‘rlarni vorislikdan chetlatish uchun asos bo‘ladigan holatlar bunday chetlatish keltirib chiqaradigan vorislik bilan bog‘liq mulkiy oqibatlarga daxldor shaxsning da’vosi bo‘yicha sud tomonidan belgilanadi.
Ushbu modda qoidalari vasiyat majburiyatiga nisbatan ham qo‘llaniladi.
Ushbu moddaning qoidalari har qanday merosxo‘rlarga, shu jumladan majburiy hissa olish huquqiga ega bo‘lgan merosxo‘rlarga ham taalluqlidir.
Meros qoldiruvchining huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida qonunchilikka mazkur norma kiritilgan.
Bunda merosdan chetlashtirish uchun vasiyatni o‘zgartirishga majburlash, boshqa merosxur foydasiga voz kechishga majburlash kabi hatti harakatlarni sodir etganlikda ifodalanishi ham mumkin.
Sodir etilayotgan hatti harakatda qasd bo‘lishi muhim ahamiyatga ega, ya’ni merosga egalik qilish qasdi bo‘lishi kerak.
Merosxo‘r meros qoldiruvchi bilan birga yashamasa, unga g‘amxo‘rlik qilmasa, dafn marosimlarda ishtirok etmasa, u meros olish huquqidan mahrum qilinmaydi.
Shunga ko‘ra, yuqorida keltirilgan vajlar merosxurni merosdan chetlashtirishga asosa bo‘lmasligi mumkin.
Biroq, shu bilan birga FKning 1153-moddasida, meros qoldiruvchi bilan oxirgi 3 yil davomida yashagan shaxslar, merosdan natura shaklida ulushi olishi mumkin deyilgan.
Bunda manfaatdor shaxs o‘ziga meros ulushini natura shaklida qoldirib, qolgan merosxo‘rlarni ulushini pul shaklida ajratib berishni talab qilishi mumkin.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.
Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.
Ҳақиқий ёзувчи-шоирлар ҳақиқатни ёзишни хуш кўрадилар. Улар – Ватанпарвар. Ҳар ҳолда Ўзбекистонда худди шундай. Ватаннинг гуллаб-яшнаши, ижобий ўзгаришлар ҳар бир фуқаронинг ҳаётини юксалтиришг сари қўйилган қадам эканлигини теран ҳис қиладилар, кайфиятилари кўтарилади. Худога минг шукурким, бу ўзгаришлар ҳар соатда, ҳар кун рўй бериб турибди.
1972 йилда қурилган Ургут туманининг “Баҳрин” маҳалласидаги 21-сонли оилавий поликлиника 16 та қишлоқ аҳолиси — 13 мингдан ортиқ инсон учун ягона тиббиёт маскани ҳисобланади. Бу бино қурилганидан бери, яъни ярим асрдан ошиқ вақт давомида капитал таъмир кўрмаган.
Коррупцияга қарши курашиш йўналишида Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари томонидан Бош прокуратура ҳузуридаги Департамент ва Ички ишлар органлари билан ҳамкорликда ҳудудларда бир нечта тезкор тадбирлар ўтказилди.
Айниқса, ер остида ноқонуний қурилган туннеллар ёки бошқа инфратузилмалардан фойдаланиб чегарани кесиб ўтиш оғирлаштирувчи ҳолат сифатида белгиланмоқда.