142 nafar Turkiya fuqarosi G‘azodan evakuasiya qilindi

142 nafar Turkiya fuqarosi G‘azodan evakuasiya qilindi

142 nafar turk fuqarosi bosib olingan G‘azo sektoridan Misrga olib kelindi.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Onju Kejeli ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, kecha tunda bir guruh turk fuqarolari Misr chegarasini kesib o‘tgan.

"Kechadan boshlab G‘azo sektoridan fuqarolarimizni evakuasiya qilish qayta boshlandi. Kecha kechqurun 142 nafar Turkiya fuqarosi va ularning yaqinlari G‘azo sektoridan Misrga o‘tdi”, — dedi u.

Unga ko‘ra, Turkiyaga evakuasiya qilinganlarning bugun yetib kelishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!