12 yoshli bola do‘konda soliq chekini so‘ragani uchun haqoratlanib sotuvchidan kaltak yedi

12 yoshli bola do‘konda soliq chekini so‘ragani uchun haqoratlanib sotuvchidan kaltak yedi

Ijtimoiy tarmoqlarda 12 yoshli bolani do‘kon sotuvchisi urgani aks etgan video tarqaldi.

Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganilmoqda. Qayd etilishicha, joriy yilning 20-iyul kuni Bolalar ombudsmaniga bolaning onasi D.J. murojaat qilib, farzandi (2011-yilda tug‘ilgan) Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi do‘konda xarid qilganda soliq chek so‘ragani uchun sotuvchi bolani haqoratlab, bir necha bor uning yuziga urganini bildirib, sotuvchiga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

"Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida ichki ishlar organlari tomonidan bolaga nisbatan sodir etilgan qonunga zid harakat o‘rganilmoqda. Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi", — deyiladi rasmiy bayonotda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!