10-12 iyun kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi
![10-12 iyun kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi 10-12 iyun kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi](/photos/news/F975FfScRLv7ZXZ.jpeg)
“O‘zgidromet” 10-12 iyun kunlari respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 10 iyunda 35-40 daraja, 11 iyunda 34-39 daraja, 12 iyunda 32-37 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10 iyunda 20-25 daraja, 11-12 iyunda 22-27 daraja, kunduzi 10-11 iyunda 36-41 daraja, 12 iyunda 35-40 daraja, bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo bir oz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 11-12 iyunda ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 34-39 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 11-12 iyunda ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-11 iyunda 20-25 daraja, 12 iyunda 22-27 daraja, kunduzi 36-41 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo bir oz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi, 11-12 iyunda ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 33-38 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.