1 sentyabrdan xalqaro yoki milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga 50 foizgacha ustama beriladi

1 sentyabrdan xalqaro yoki milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga 50 foizgacha ustama beriladi

2022 yil 11 maydagi PF-134-sonli Prezident Farmoniga ko‘ra, 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab umumta’lim fanlari bo‘yicha tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga quyidagi tartibda har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi:

➖ xalqaro tan olingan va unga tenglashtirilgan milliy sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga — ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida;

➖ xalqaro talablarga javob bermadigan milliy sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga — ularning tarif stavkasiga nisbatan 20 foiz miqdorida.

Pedagog kadrlarga har oylik qo‘shimcha ustama sertifikat amal qilish muddati davomida, lekin uch yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt mobaynida to‘lanadi.

Agar o‘qituvchi umumta’lim fanlari bo‘yicha bir nechta sertifikatga ega bo‘lsa, yuqoriroq foizli ustama beruvchi sertifikat bo‘yicha ustama to‘lanadi.

Ushbu tizimni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Xalq ta’limi hamda Moliya vazirliklarining 2022 yil 29 iyuldagi 34-sonli qo‘shma qarori qabul qilingan va sertifikatlar uchun qo‘shimcha ustamalarni to‘lash 1 sentyabrdan joriy etiladi.

Shuningdek, informatika va axborot texnologiyalari, fizika, geografiya va tarix fanlaridan ham milliy sertifikasiya sinovlarini o‘tkazish boshlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!