1 iyuldan gaz va elektr energiya narxi oshadi. Vazirlik bunga tushuntirish berdi

1 iyuldan gaz va elektr energiya narxi oshadi. Vazirlik bunga tushuntirish berdi

Ma’lumki, respublikada yoqilg‘i-energetika resurslariga talab yildan-yilga oshib bormoqda. Xususan, oxirgi besh yilda aholiga yetkazib berilgan elektr energiyasi 11 mlrd kVt.soatdan 16 mlrd kVt.soatgacha (1,5 barobarga ko‘p), tabiiy gaz hajmi esa 10 mlrd kub metrdan 13 mlrd kub metrga (1,3 barobarga ko‘p) oshmoqda.

Ma’lumot uchun. Joriy yil 18 mayda Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Energetika vazirligi tomonidan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan Energetika sohasini isloh qilish masalalari bo‘yicha qo‘shma bayonotda amalga oshiriladigan islohotlarning zaruriyati batafsil yoritilgan.

Energiya ta’minotidagi uzilishlar (2021 yilda haqiqiy talabga nisbatan 2-3 mlrd kVt.soat elektr energiyasi yetkazib berilmagan), ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatining pastligi, soha korxonalarining moliyaviy holati barqaror emasligi sababli yuzaga kelayotgan energiya resurslariga bo‘lgan qo‘shimcha talabni ta’minlash uchun yangi quvvatlarini barpo etish, xususiy investisiyalarni keng jalb etish uchun energiya resurslari bozorini bosqichma-bosqich isloh qilishni talab etmoqda.

Shundan kelib chiqqan holda Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Energetika vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslarining narxlarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi.

Qaror loyihasini ishlab chiqishda, birinchi navbatda, aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish asosiy mezon qilib olindi. Xalqaro tajriba asosida aholining kam ta’minlangan va past daromadli qatlami manfaatlaridan kelib chiqib, ijtimoiy himoya samaradorligini oshirish uchun “ijtimoiy norma” tizimi butun respublika bo‘yicha amalga kiritilishi belgilanmoqda.

Ma’lumot uchun. Respublikada elektr energiyasi iste’mol qiluvchi jami 7,3 mln abonent mavjud bo‘lib, ularning 80 foizi oyiga o‘rtacha 200 kVt.soatgacha elektr energiyasini iste’mol qiladi. Lekin, mazkur xonadonlarning hissasiga aholi iste’mol qiladigan jami elektr energiyasining bor-yo‘g‘i 31 foizi (5,7 mlrd kVt s) to‘g‘ri keladi.

Shuningdek, tabiiy gaz iste’mol qiluvchi jami 4 mln abonent mavjud. Ushbu xonadonlarning 85 foizi, ya’ni 3,4 mln ta abonent oyiga o‘rtacha 500 kub metrgacha tabiiy gaz iste’mol qiladi. Lekin, ularning hissasiga aholi jami iste’molining bor-yo‘g‘i 35 foizi (4,5 mlrd kub m) to‘g‘ri keladi.

Yuqoridagi ko‘rsatkichlar energoresurslarni iste’mol qilishning yil davomida o‘rtacha oylik darajasini ifodalaganligi sababli, o‘rtacha oylik iste’molning aniq miqdorlarini aniqlash maqsadida Toshkent va Namangan viloyatlari hamda Toshkent shahridagi abonentlarda tanlanma o‘rganish o‘tkazildi.

Misol uchun, o‘rganish natijalariga ko‘ra ushbu hududlarda yilning isitish talab etilmaydigan davrida eski qurilgan ko‘p qavatli uylarda yashovchi 86 foiz, yangi qurilgan ko‘p qavatli uylarda yashovchi 65 foiz hamda hovlilarda yashovchi 57 foiz abonentlar oyiga o‘rtacha 250 kVt.soatgacha elektr energiyasi iste’mol qilgan.

Isitish mavsumida esa eski qurilgan ko‘p qavatli uylarda yashovchi
78 foiz, yangi qurilgan ko‘p qavatli uylarda yashovchi 77 foiz hamda hovlilarda yashovchi 44 foiz abonentlar oyiga o‘rtacha 250 kVt.soatgacha elektr energiyasi iste’mol qilgan.

Shuningdek, yuqoridagi hududlarda yilning isitish talab etilmaydigan davrida eski qurilgan ko‘p qavatli uylarda yashovchi barcha abonentlar, yangi qurilgan ko‘p qavatli uylarda yashovchi 99 foiz hamda hovlilarda yashovchi 86 foiz abonentlar oyiga o‘rtacha 200 kub metrgacha tabiiy gaz iste’mol qilgan.

Isitish mavsumida esa eski qurilgan ko‘p qavatli uylarda yashovchi barcha abonentlar, yangi qurilgan ko‘p qavatli uylarda yashovchi 93 foiz hamda hovlilarda yashovchi 64 foiz abonentlar oyiga o‘rtacha 700 kub metrgacha tabiiy gaz iste’mol qilgan.

Shundan kelib chiqib, ijtimoiy norma miqdori elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha 250 kVt.soatgacha, tabiiy gaz bo‘yicha mavsumiylik nuqtai nazaridan kelib chiqib, aprel-sentyabr oylari uchun 200 kub metrgacha va oktyabr-mart oylari uchun 700 kub metrgacha miqdorida o‘rnatilmoqda.

Mazkur qaror loyihasi bilan 2022 yil 1 iyuldan boshlab:

Elektr energiyasi bo‘yicha:

a) aholi uchun 1 kVt.soat elektr energiyasi iste’moli oyiga 250 kVt soatgacha – 325 so‘m, 250 kVt.soatdan yuqori har 1 kVt.soat uchun – 650 so‘m;

Misol uchun, taklif etilayotgan tabaqalashtirilgan narxlarda
250 kVt.s gacha elektr energiya ishlatadigan abonentlar uchun qo‘shimcha xarajat oyiga 7,5 ming so‘mgachani, 300 kVt.s gacha ishlatadigan abonentlar uchun 25 ming so‘mgachani va 400 kVt.s gacha elektr energiya ishlatadigan abonentlar uchun esa 61 ming so‘mgachani tashkil etadi.

b) 1 kVt.soat elektr energiyasi Navoiy KMK, Olmaliq KMK va byudjet tashkilotlari uchun – 800 so‘m hamda qolgan yuridik shaxslar uchun – 600 so‘m.

Tabiiy gaz bo‘yicha:

a) aholi uchun 1 kub m tabiiy gaz iste’moli oyiga isitish mavsumida 700 kub metrgacha – 410 so‘m, 700 kub metrdan yuqori har 1 kub metr uchun –1 200 so‘m, isitish mavsumidan tashqari davrda 200 kub metrgacha –
410 so‘m, 200 kub metrdan yuqori har 1 kub metr uchun – 1 200 so‘m.

Misol uchun, isitish mavsumida 700 kub m gacha tabiiy gaz iste’mol qiluvchi abonentlar uchun qo‘shimcha xarajat oyiga 21 ming so‘mgacha, 1 000 kub m gacha iste’mol qiluvchi abonentlar uchun qo‘shimcha xarajat oyiga 267 ming so‘mgachani tashkil etadi.

Shuningdek, isitish mavsumidan tashqari davrda 200 kub m gacha tabiiy gaz iste’mol qiluvchi abonentlar uchun qo‘shimcha xarajat oyiga 6 ming so‘mgacha, 300 kub m gacha iste’mol qiluvchi abonentlar uchun qo‘shimcha xarajat oyiga 88 ming so‘mgachani tashkil etadi.

b) 1 kub m tabiiy gaz Navoiy KMK, Olmaliq KMK va byudjet tashkilotlari uchun – 1 300 so‘m, avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyalari uchun – 1 200 so‘m, issiqlik elektr stansiyalari uchun – 1 000 so‘m hamda qolgan yuridik shaxslar uchun – 1 150 so‘m.

Suyultirilgan gaz esa aholi uchun – 1 600 so‘m miqdorida belgilanmoqda. Bunda, 1 abonentga bir oyda o‘rtacha 20 kg suyultirilgan gaz yetkazib berilishini hisobga olsak, abonentning qo‘shimcha xarajati bir oyda 9,6 ming so‘mni tashkil etadi. “Hududgazta’minot” AJ korxonalari suyultirilgan gazni tuman hokimliklari bilan birgalikda tasdiqlangan grafiklarga muvofiq aholiga kunma-kun yetkazib berish choralarini ko‘rmoqda.

Korxonalarni uzoq muddatli rejalashtirishga moslashtirish, operasion samaradorlikni va energotejamkorlikni oshirish hamda tannarxni pasaytirish uchun “perspektiv mo‘ljal”ni ko‘rsatish maqsadida joriy yil uchun yangi narxlar bilan birga 2023 yil 1 apreldan kuchga kiradigan yangi narxlarni ham tasdiqlash taklif etilmoqda.

Bunda, 2023 yil 1 apreldan quyidagi narxlar joriy etilishi ko‘zda tutilmoqda:

a) Elektr energiyasi bo‘yicha:

Navoiy KMK, Olmaliq KMK va byudjet tashkilotlari uchun 800 so‘m miqdoridagi narxni saqlab qolish;

qolgan yuridik shaxslar uchun – 700 so‘m.

b) Tabiiy gaz bo‘yicha:

issiqlik elektr stansiyalari uchun – 1 200 so‘m;

Navoiy KMK, Olmaliq KMK va byudjet tashkilotlari uchun – 1 350 so‘m;

avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyalari uchun –1 400 so‘m;

qolgan yuridik shaxslar uchun – 1 350 so‘m etib belgilash.

2023 yil 1 apreldan o‘rnatiladigan yoqilg‘i-engergetika resurslarining narxlari 2024 va 2025 yillarda faqatgina inflyasiya darajasiga indeksasiya qilib boriladi, 2026 yildan boshlab esa elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gazning ulgurji bozoriga o‘tiladi hamda narxlar erkin shakllanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Qodirovning ahvoli juda og‘ir: u voris qidirmoqda

Чеченистон раҳбари Рамзан Қодировнинг соғлиғи ёмонлашаётгани республикада ҳокимият алмашинуви жараёнини фаоллаштирганини "Новая газета Европа" суриштируви маълум қилди.

O‘zbekiston Rossiya elchisini chaqirtirdi

Ўзбекистон Ташқи ишлар вазирлигига Россия Федерацияси ҳудудида ўзбекистонлик меҳнат муҳожирларининг ҳуқуқлари бузилиши ҳақидаги хабарлар кўпайиб бораётгани муносабати билан Россия элчиси чақирилди.

Hindistonlik talaba Toshkent tibbiyot akademiyasidan norozi bo‘ldi

Унинг сўзларига кўра, тиббиётга оид фанлардан кўра инглиз тили дарслари кўпроқ ўтилади

Fransiya Rossiya G‘alaba bayramiga taklif qilinmaganidan g‘azablandi

Франция Россия Ғалабанинг 80 йиллигига бағишланган тадбирларга таклиф этилмаганидан норози.

“Zudlik bilan tark eting!” — Ukrainada xavfli hududlar bo‘yicha shoshilinch chaqiriq

Украинада эвакуация бошланди. Ҳар куни соат 8:00 да автобуслар кетади.

Qashqadaryoda talabalar trend video oldi va,,,

Винеткага тушиш мақсадида ижтимоий тармоқларга тренд видео қилганмиз. Бу эса ижтимоий тармоқларда тарқалиб кетибди.

"El-klasiko"da "Real" hujumida kimlar o‘ynashi ma’lum bo‘ldi

11 май куни "эл-класико" бўлиб ўтади, унда Ла Лига чемпионлиги тақдири ҳал бўлиши мумкин.

"Ukrainaliklar ruslar bosib olgan hududlarni de-fakto berishga tayyor"

"Биз украиналиклар билан очиқ ва қийин мунозараларда 22 та ўта аниқ шартларни таклиф қилдик ва биз жуда кучли позицияда эканлигимизга ишонамиз", деди Келлог.

"Kosmos-482" Yerga qulamoqda

Яқин кунларда оғирлиги қарийб ярим тонна бўлган совет планеталараро космик аппарати Ерга қулайдиган бўлди.

Ortiqxo‘jayev yangi lavozimda ish boshlagani aytilmoqda

Тарқалган хвбврлврга кўра, Жаҳонгир Ортиқхўжаев Ўзбекистон корпоратив спорт ассоциацияси расининг биринчи ўринбосари сифатида иш бошлаган.

1 maydan 500 kVt⋅soatgacha bo‘lgan yangi miqdor joriy qilindi​​​​​​​

Қолаверса, 201 кВт·соатдан 1000 кВт·соатгача бўлган дифференциаллашган тариф бўйича истеъмол миқдори орасига янги миқдор киритилмоқда.

Texas ko‘lida 2 metrlik mahluq qo‘lga tushdi, bu jahon rekordi bo‘lishi mumkin

Техасда балиқ овлаш бўйича жаҳон рекордчиси қайтиб келди ва ўз ҳаётидаги энг қийин овда кўлнинг лойқа сувлари остида яна бир ажойиб воқеани яратди.

Ingliz manbasi: Husanov Gvardiola bilan tortishib qoldi

Бу ҳақда Х ижтимоий тармоғидаги Real Talk Manchester City аккаунти хабар берди.

“Tez orada Xudoning yordami bilan — bu butun Isroil yurti bo‘ladi”

Исроил оммавий ахборот воситалари шундай ёзув билан тарихий Фаластиннинг бутун ҳудудини қамраб олган харитани эълон қилишди.

Ronalduning o‘zi va oilasi xavf ostida!

Саудия Арабистони чемпионатида тўпурарлик маҳоратини намойиш қилиб келаётган “Ан-Наср” ҳужумчиси Криштиану Роналду футболдан ташқари маиший муаммоларга эътибор қаратишига тўғри келмоқда.

"Men bu yerda o‘z xalqim va mamlakatim uchun kurashish maqsadida turibman"

"Европа Иттифоқига келсак, мен ишончим комилки, Сербия Европа йўлида қолади. Агар кимнидир жазоламоқчи бўлсалар, мени жазолашсин", — дея қўшимча қилди сиёсатчи.

AQSh O‘zbekistonga migrantlarni qabul qilish evaziga siyosiy imtiyozlar taklif qildi

Ушбу таклифга жавобан, Вашингтон Тошкентга сиёсий имтиёзлар — жумладан, Дональд Трамп ва Шавкат Мирзиёев ўртасида телефон мулоқоти ёки бошқа юқори даражадаги дипломатик алоқаларни ташкил этишни ваъда қилган.

Shavkat Mirziyoyev va Putin tik oyoqda suhbatlashdi

Путин ва Мирзиёев қўл сиқишиб, бир-бирини самимий қутладилар. Ўзбекистон Президенти Россия раҳбарини байрам билан табриклади.

Oltita Yevropa davlati Isroilga qarshi chiqdi

Гуруҳнинг таъкидлашича, ҳарбий кучларнинг янада кучайиши Ғазодаги гуманитар инқирозни янада кучайтиради ва қолган гаровга олинганларнинг ҳаётини хавф остига қўяди.

"Ekkan hosiligacha bozor bahosida hisob-kitob qildik" - Shuhrat Abdurahmonov

Жанубий Фарғона канали қирғоғи ўпирилиши оқибатида Булоқбоши туманининг айрим маҳаллаларида сув тошқини юзага келди. Ҳодиса жойига етиб борган Kun.uz мухбири айни манзилда бўлиб турган вилоят ҳокими Шуҳрат Абдураҳмоновдан қисқа изоҳ олди.

Shvesiya shartli ozod qilish qoidalarini qattiqlashtirishi mumkin

Расмийлар ислоҳотни 2026 йил 1 январдан бошлашни режалаштирмоқда, гарчи аввалги ҳукумат комиссияси бундай ўзгаришлар маҳкумларнинг реабилитациясига хавф туғдириши ва ҳар йили 7 миллиард Швеция крони (тахминан 650 миллион доллар)гача қўшимча харажатларга олиб келиши мумкинлиги ҳақида огоҳлантирса ҳам.

Evropa AQShga qarshi savdo jarima choralarini tayyorlamoqda

Европа Иттифоқи АҚШ президенти Дональд Трампнинг тариф сиёсатини жавобсиз қолдирмаслик учун АҚШ маҳсулотларига янги бож солиқлари жорий этилиши мумкин бўлган товарлар рўйхатини тузди. Бу ҳақда Politico нашри хабар берди.

Namanganda advokatga soqol sababli tahdid qilindi

Наманганда адвокат Б.Болтаевга нисбатан ички ишлар ходими томонидан таҳдид ва босим бўлгани ижтимоий тармоқларда муҳокама марказига айланди, деб ёзмоқда инсон ҳуқуқлари "Эзгулик" жамиятидан З.Мирзахмедов.

Surxondaryoda 633 mln so‘mlik elektr o‘g‘irlandi

Ҳозирда мазкур ҳолат юзасидан ҳуқуқни муҳофаза қилиш органлари томонидан терговга қадар текширув ишлари олиб борилмоқда.

Garvard AQSh ta’lim vazirining xatosi to‘la maktubiga munosabat bildirdi

Шундан сўнг университет маъмурияти расмий жавоб ўрнига хатни имло ва пунктуация хатолари тузатилган ҳолда вазирга қайтарди.

Parijda avtomobil futbol muxlislariga borib urildi

Ҳодиса нима сабабдан содир бўлгани ҳозирча номаълум.

Telegram’da PUBG akkauntlarini sotishni reklama qilgan fuqaro ushlandi

Маълум қилинишича, оҳангаронлик 20 ёшли йигит ҳудудий ички ишлар бўлимига мурожаат қилиб, Telegram орқали аккаунт сотиб олиш мақсадида номаълум шахснинг банк картасига 9 млн сўм пул ўтказганини айтган.

Hindistonning Pokistonga havo hujumi oqibatida halok bo‘lganlar soni 31 kishiga yetdi

Эслатиб ўтамиз, Покистон Ҳиндистоннинг тинч қишлоқлар ва масжидларга берган зарбалари натижасида 26 киши ҳалок бўлганини даъво қилган эди.

Sky News: Sikstin kapellasidan qora tutun ko‘tarildi

Сикстин капелласи мўрисидан чиққан оқ тутун ва қўнғироқлар жаранглаши янги Рим папаси сайланганини билдиради.

Tramp Rossiyaga havas qilardi

Америкалик собиқ разведка ходими Скотт Риттер Х ижтимоий тармоғида АҚШ президенти Доналд Трампни Россияга ҳасад қилишда ва мамлакат Ғалаба кунини нишонлашга эътибор қаратаётганликда айблади.

AQSh 2025 yil may oyida yangi yadroviy bomba chiqarilishini e’lon qildi

АҚШ 2025 йил май ойида энг янги Б61-13 термоядровий бомбасининг биринчи намуналарини чиқаришни кутмоқда, деди Энергетика департаменти қошидаги Миллий ядро хавфсизлиги бошқармаси директори вазифасини бажарувчи Тереза Роббинс, унинг сўзларидан иқтибос келтирмоқда РИА Новости .

OAV: Suriya Isroil bilan maxfiy muzokaralar o‘tkazmoqda

Сурия ва Исроил Бирлашган Араб Амирликлари (БАА) томонидан ташкил этилган алоқа канали ёрдамида билвосита музокаралар олиб бормоқда. Бу ҳақда манбаларга таяниб, Reuters хабар берди.

NASA yaqin orada Marsga raketa uchirmoqchi

Миллий Аэронавтика ва Коинот Бошқармаси (NASA) яқин орада Марсга ракеталарни юбориш имкониятларини кўриб чиқмоқда.

G‘azo uchun jang tugamaydi — Husiylar Isroil kemalariga hujumni davom ettiradi

Ҳусийлар АҚШнинг ўт очишни тўхтатиш ҳақидаги қарорига қарамай, Қизил денгиздаги Исроил кемаларига ҳужумларини давом эттиради.

Erdo‘g‘an Turkiyaning Pokiston bilan birdamligini e’lon qildi

Туркия президенти Ражаб Тоййиб Эрдўғон ва Покистон Бош вазири Шаҳбоз Шариф ўртасида телефон орқали мулоқот бўлиб ўтди.

Tramp 8 mayni Ikkinchi jahon urushidagi G‘alaba kuni deb e’lon qildi - Oq uy

Эълон қилинган ҳужжатда Трамп таъкидлашича, америкалик аскарларнинг қурбонлиги бўлмаганда "бу урушда ғалаба қозонилмас ва бугунги дунёмиз бутунлай бошқача кўринишда бўларди."

Shahboz Sharif Pokistonning g‘alabasini e’lon qildi

Покистон халқи 7 майга ўтар кечаси Ҳиндистон ҳаво кучларининг кенг кўламли ҳужумини қайтаришда юқори маҳорат, ватанпарварлик ва ҳамжиҳатлик намойиш этган миллий қуролли кучларнинг "буюк ғалабаси" билан фахрланиши лозим.

Putin Ukrainadagi urush sababini Bolgariya va Ruminiyaga yuklamoqda

Россия президенти ўз ҳокимиятининг 25 йиллигига бағишланган ҳужжатли фильмда НАТОнинг Руминия ва Болгариядаги Америка ҳарбий базалари мавжудлиги Украинадаги урушга сабаб бўлганини таъкидлади.

Dronlar hujumi tufayli Rossiya aeroportlari vaqtinchalik yopildi, ko‘lab reyslar kechiktirildi

“Аэрофлот” 7 май куни Москвадан учадиган 52 та рейсни ва Москвага йўналган яна 54 та рейсни бекор қилди, бу ҳақда компаниянинг онлайн таблосида эълон қилинди.

Hindiston “Sindur” operasiyasi orqali pokistonlik jangarilarning yangi terror hujumlarini oldini oldi

NDTV'нинг хабар беришича, Ҳиндистон “Синдур” операцияси доирасида 25 дақиқа ичида Покистондаги нишонларга 24 та ракета учирган.