1 iyul sanasida sodir bo‘lgan muhim tarixiy voqealar
1813 yil— Angliya parlamenti Ost-Indiya kompaniyasining Hindiston bilan savdo-sotiqdagi monopoliyasini bekor qilgan;
1859 yil — Charlz Darvinning tabiiy tanlanish gipotezasi Londonning Linney Jamiyati protokollarida nashr etilgan;
1867 yil — Kanada Buyuk Britaniyaning dominioniga aylangan;
1877 yil— tennis bo‘yicha birinchi Uimbldon turniri boshlangan;
1890 yil— Angliya va Germaniya Afrikadagi ta’sir zonalarini ikkiga bo‘lishgan;
1896 yil—davlat va siyosat arbobi, "Yosh buxoroliklar" harakati a’zosi va yetakchisi Fayzulla Xo‘jayev tavallud topgan;
1904 yil — Sent-Luisda (AQSh) Uchinchi Olimpiya o‘yinlari boshlangan;
1911 yil— polshalik biokimyogar Kazimerz Funk birinchi marta «vitamin» so‘zini ishlatgan;
1916 yil —Birinchi jahon urushi: Somme jangi boshlangan;
1921 yil —Shanxayda 13 delegat Xitoy Kommunistik partiyasini tashkil qilgan;
1923 yil —Kanadada amalda xitoyliklarning mamlakatga kirishini taqiqlovchi immigrasiya qonuni kuchga kirgan;
1952 yil— AQSh kommunistik partiyasi "buzg‘unchilik faoliyati" uchun taqiqlangan;
1966 yil —Fransiya NATO harbiy tashkilotidan chiqqan;
1966 yil —kolxozlarda birinchi marta oylik ish haqi joriy etilgan;
1991 yil — Pragada Varshava shartnomasi tashkilotini rasmiy ravishda tugatish to‘g‘risidagi protokol imzolangan;
1997 yil —Gonkong yana Xitoy tarkibiga kirgan;
1999 yil— 300 yil ichida birinchi marta Shotlandiya parlamentining yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan;
2000 yil —AQShda moliyaviy hujjatlarni elektron imzo bilan tasdiqlashga ruxsat berilgan;
2013 yil — Xorvatiya Yevropa Ittifoqiga qo‘shilgan.
