Samarasiz ishlayotgan davlat korxonalari soni e’lon qilindi

Samarasiz ishlayotgan davlat korxonalari soni e’lon qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 6 aprel kuni iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirishga doir takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Mamlakatimizda keyingi yillarda xususiy sektorni rivojlantirish va investisiyalar jalb qilish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi. Bugungi kunda iqtisodiyotda davlat ulushi 42 foizni, davlat ishtirokidagi korxonalarning soni esa 1 ming 685 tani tashkil etmoqda. Xususan, o‘tgan yili qariyb 30 trillion so‘mlik davlat aktivlari xususiylashtirilib, byudjetga 10 trillion so‘mdan ortiq tushum ta’minlandi. Yer uchastkalarini sotish hajmi ham izchil oshib, 6 trillion so‘mlik natijaga erishildi.

Xususiylashtirishdan manfaatdorlik tizimi joriy etilib, viloyatlarda 2,6 trillion so‘m, mahallalarda esa 7 milliard so‘m mablag‘ qoldi. Davlat korxonalari esa byudjetga 49 trillion so‘m dividend to‘ladi. Umuman, so‘nggi besh yilda xususiylashtirish hisobidan davlat korxonalari soni 60 foizga kamaydi.

Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda sohada hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar ham borligi ko‘rsatib o‘tildi.

Eng avvalo, xususiylashtirish jarayonlarida ish o‘rinlarini saqlab qolish, yangi mulkdorlar tomonidan zamonaviy texnologiyalar joriy etilishi va ishlab chiqarish samaradorligi oshirilishi bo‘yicha talablarni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. O‘tgan yili samarasiz ishlayotgan davlat korxonalarining soni 362 taga yetgani bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirishni talab qiladi.

Taqdimotda davlat korxonalarini tahlil qilish tizimida zamonaviy raqamli vositalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan yetarli darajada foydalanilmayotgani qayd etildi. Moliyaviy holati og‘irlashgan 451 ta korxona 2024 yilda 14 trillion so‘m, o‘tgan yili esa 362 ta korxona 4 trillion so‘m zarar ko‘rgani aytildi. Shu munosabat bilan davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatini chuqur tahlil qilish, moliyaviy barqarorligini baholash va muammolarni barvaqt aniqlashning yangi mexanizmini joriy etish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Xususiylashtirishda tahliliy yondashuv yetarlicha qo‘llanilmayotgani qayd etildi. Bundan buyon mazkur jarayon tarmoq yondashuvi asosida tashkil etilib, har bir soha alohida tahlil qilinishi, uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari baholanishi, raqobat muhiti o‘rganilishi hamda takliflar shu asosda ishlab chiqilishi belgilandi.

Hududlarda davlat mulkidan oqilona foydalanish, bo‘sh turgan maydonlarni iqtisodiy faoliyatga jalb qilish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar to‘liq ishga solinmayotgani qayd etildi. Shu munosabat bilan davlat ko‘chmas mulki ob’ektlarini bosqichma-bosqich yagona boshqaruv tizimiga o‘tkazish, bir xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha maydonni 27 kvadrat metrdan 12-15 kvadrat metrgacha qisqartirish taklif etildi. Bu orqali 4,9 million kvadrat metr maydonni iqtisodiy aylanmaga kiritish, bo‘sh binolarni savdo va ijaraga chiqarish, shuningdek, saqlash va kommunal xarajatlarni qisqartirish imkoniyati yaratiladi.

Yig‘ilishda tadbirkorlarga ajratilgan, lekin iqtisodiy aylanmaga to‘liq kiritilmagan yer uchastkalari masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, 2022-2025 yillarda berilgan 11,4 ming gektar yerning 3,1 ming gektarida iqtisodiy faoliyat to‘liq yo‘lga qo‘yilmagani ta’kidlandi.

Shu bois, yer uchastkalarining haqiqiy holatini onlayn monitoring qilish, ularni tayyor loyihalar asosida auksionga chiqarish va investisiya kiritish shartini kuchaytirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Buning uchun “E-auksion”, “Yerelektron”, O‘zbekkosmos agentligi, “Shaffof qurilish” va “UzKAD” kabi axborot tizimlarini o‘zaro integrasiya qilgan holda samarali foydalanilmayotgan yerlarni aniqlash tizimini joriy etish taklif qilindi.

Ushbu yerlarni iqtisodiy aylanmaga kiritishda joylardagi hokimliklarning rolini oshirish topshirildi. Endilikda tadbirkorlik maqsadlari uchun yer maydonlari ruxsat beruvchi hujjatlari bilan birga tayyor biznes loyihasi sifatida auksionga chiqariladi.

Shuningdek, yirik aktivlar, jumladan, “UzAuto Motors” va uning tarkibidagi korxonalar, “Navoiyazot”, issiqlik elektr stansiyalarini xususiylashtirishga tayyorlash ishlari haqida axborot berildi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligida raqamli texnologiyalar loyiha ofisini tashkil etish taklifi bildirildi. Ushbu tizim doirasida xususiylashtirishning barcha jarayonlari onlayn kuzatib boriladi, davlat korxonalarining moliyaviy tahlili va tushumlarni taqsimlash jarayonlariga sun’iy intellekt elementlari joriy qilinadi.

Davlatimiz rahbari iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish, aktivlardan samarali foydalanish va xususiylashtirish jarayonlarini zamonaviy yondashuvlar asosida tezlashtirish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Eron Trampning Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish bo‘yicha ultimatumiga javob qaytardi

Эрон ҳукумати бўғоз фақат транзит йиғимларидан фойдаланилган ҳолда “янги ҳуқуқий режим” доирасида зарарлар қоплангандан кейингина очилишини маълум қилди.

Eron ulamolari Xomanaiydan atom bomba yasashga ruxsat berishni so‘radi

"Мавжуд таҳдидларга қарши қонуний ҳимоя заруратини ҳисобга олган ҳолда, аввалги баъзи фатволарни қайта кўриб чиқиш нафақат мумкин, балки баъзи ҳолларда зарур бўлиб туюлади, токи Ислом тизими душман фитналарига қарши максимал даражада тўхтатувчи ва хавфсизлик кафолатига эга бўлсин", - дейилади мурожаатда.

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozining «kalitlarini yo‘qotib qo‘ydi»

Бу ҳақда Ислом Республикасининг Зимбабведаги элчихонаси маълум қилди.

Evropa Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda

Бу ҳақда Германиянинг Berliner Zeitung газетаси хабар берди

Eron: "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tajovuzkor AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga zarba berdi"

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати маълум қилди.

Eron havo mudofaasi tizimlari Isroil uchun ko‘rinmas bo‘lib qoldi

Бу ҳақда Исроил мудофаа ва хавфсизлик форуми раиси Амир Авиви маълум қилди.

Trampning bosimi ostida qolgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Putin bilan suhbatlashdi

Бу ҳақда Россия ОАВлари Кремль матбуот хизматига таяниб хабар бермоқда.

Gari Nevill - Abduqodir Husanov haqida: «Hech qachon bunaqasini ko‘rmaganman»

Англиялик машҳур собиқ қанот ҳимоячиси, ҳозирда телеэксперт Гари Невилл "Манчестер Сити"нинг ўзбекистонлик марказий ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусановни мақтади.

Shimoliy Koreya Erondan uzoqlashishni boshladi — razvedka

Жанубий Корея томонининг миллий разведка маълумотларига таяниб хабар беришича, Шимолий Корея давом этаётган можаро фонида Эрондан узоқлашишни бошлаган.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Isroil Tehrondagi yahudiylar ibodatxonasiga zarba berdi

Эрон Ташқи ишлар вазирлиги вакили Эсмаил Бағайи бу ҳақда ўзининг ижтимоий тармоқ саҳифасида ёзди.

Tramp Eronning "g‘alabasi" haqidagi da’vosidan g‘azablandi

Трамп бу ҳақда ўзининг Truth Social саҳифасида ёзди.

Tramp iste’foga chiqadi(mi)?

Трампни рақиблари унинг Эронга қилган таҳдидларидан сўнг, президентни “руҳий жиҳатдан носоғлом” деб атаб, уни истеъфосини талаб қилишмоқда.

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopdi — mintaqada keskinlik yanada kuchaymoqda

Бу ҳақда Fars ахборот агентлиги хабар берди.

Erondan keskin ogohlantirish: «AQSh o‘zining agressiv itni to‘xtata olmasa…»

Бу ҳақда Tasnim агентлиги манбага таяниб хабар берди.

Hindiston chegarani qo‘riqlashda timsoh va zaharli ilonlardan foydalanmoqchi

Ҳиндистон расмийлари ноқонуний мигрантлар оқимини тўхтатиш учун Бангладеш билан чегаранинг бориш қийин бўлган қисмларини ҳимоя қилиш учун «биологик тўсиқ»дан фойдаланишни кўриб чиқмоқда.

Xitoy vositachiligida Afg‘oniston va Pokiston keskinlikni yumshatishga kelishdi

Хитой минтақада тинчлик ва барқарорликни таъминлаш учун мулоқот платформасини қўллаб-қувватлашини билдирди.

Toshkentda talaba yigit 9 nafar bolaga tazyiq o‘tkazib kelgani aniqlandi

Шунингдек, болалардан 6 нафари 2 ойдан 8 ойгача умумтаълим мактабидаги дарсларга бормаган, аксинча, мажбуран уйда сақланиб, ҳатто уларга кўчага чиқишга ҳам рухсат берилмаган.

Saida Mirziyoyeva AQSh savdo vakili bilan uchrashdi

Суҳбат чоғида Америка–Ўзбекистон ишбилармонлик ва инвестиция кенгаши йиғилиши натижалари муҳокама қилинди, шунингдек, иқтисодий лойиҳалар портфели изчил кенгайиб бораётгани қайд этилди.

Rubio AQSh va Eron muzokaralaridan kutilayotgan natijalar haqida gapirdi

Бу ҳақда ТАСС хабар берди.

AQSh o‘z fuqarolarini uyda qolishga chaqirdi

Манамадаги АҚШ элчихонаси Байҳрайндаги барча америкаликларга Яқин Шарқдаги кескин вазият сабаб уйдан чиқмасликни тавсия қилди.

Tramp: soat 20:00 — hal qiluvchi nuqta bo‘lishi mumkin

Агар музокаралар силжимаса, соат 20:00 га келиб ҳужум бошланиши мумкин ва у аввал кўрилмаган даражада қаттиқ бўлади, деб хабар қилди Fox News журналисти Дональд Трамп сўзларига таяниб.

AQSH–Eron muzokaralaridagi asosiy muammo — ishonchsizlik

Сиёсатшунос Алмас Ҳайдар Нақвийнинг таъкидлашича, АҚШ ва Эрон ўртасидаги асосий тўсиқ — ўзаро ишончсизлик бўлиб, бу можарони ҳал қилишга жиддий халақит бермоқда.

Buyuk Britaniya Trampning Eron bo‘yicha tahdidlaridan xavotirda

Британиялик сиёсатчи Жим Фергюсон АҚШ президенти Дональд Трампнинг Эрон цивилизациясини йўқ қилиш ҳақидаги баёнотини кескин танқид қилди.

Ohangaronda bolaga kuch ishlatgan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi

Тармоқда Оҳангарон шаҳридаги мактабгача таълим ташкилоти ходимининг тарбияланувчилардан бирига жисмоний куч ишлатгани тасвири тарқалди.

Tehron Tramp tahdididan so‘ng Vashington bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni to‘xtatdi

The Wall Street Journal хабарига кўра, Теҳрон АҚШ президенти Дональд Трампнинг “Эрондаги бутун цивилизацияни йўқ қилиш” ҳақидаги баёнотидан кейин Вашингтон билан тўғридан-тўғри мулоқотларни тўхтатган.

Isroilda 7 mingdan ortiq kishi jarohatlandi

Эрон зарбалари натижасида Исроилда 7 142 нафар киши жароҳат олгани маълум қилинди.

AQSh va Isroil Eronda maqsadlariga erisha olmadi

The Responsible Statecraft нашрига кўра, АҚШ ва Исроил Эронга қарши бошланган ҳарбий кампанияда кутилган натижаларга эриша олмаган.

Mariya Zaxarova Yaponiyani Ukraina mojarosiga aralashishda aybladi

Россия Ташқи ишлар вазирлиги вакили Мария Захарова Японияни Украинадаги можарога тобора кўпроқ аралашаётганликда айблади.

Donald Tramp: seshanba Eron bilan bitim uchun so‘nggi muddat bo‘lishi mumkin

АҚШ президенти Дональд Трамп Эрон билан келишувга эришиш учун сешанба куни сўнгги муддат бўлиши мумкинлигини билдирди.

Ispaniya aholisi Trampni tinchlik uchun Putindan ko‘ra kattaroq xavf deb bilishadi — El Pais

Нашр томонидан ўтказилган сўровномага кўра, испанлар тинчликка асосий хавф сифатида АҚШ президенти Доналд Трампни (81%) кўришади.

The Wall Street Journal: Ukraina urushda yangi strategiya izlayapti

Украинада уруш деярли тўрт йилга яқинлашар экан, Россиянинг секин, лекин доимий босими Киев позицияларини музокараларда заифлаштирмоқда.

AQSh Eronda o‘z “zaifligini” ko‘rsatdi

Беларусь президенти Александр Лукашенко АҚШнинг Эрондаги ҳаракатлари унинг “заифлигини” намоён этганини билдирди.

Saida Mirziyoyeva AQSh Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi

“Самимий меҳмондўстлик ва илиқ қабул учун чин дилдан миннатдорлик билдираман. Бўлиб ўтган мазмунли ва конструктив мулоқотни юксак қадрлайман ҳамда яқин кунларда Вашингтонда самарали учрашувлар ўтказилишига умид қиламан,” — дейди Саида Мирзиёева учрашув хусусида.

35 kg.dan ortiq narkotik moddalar kontrabandasiga chek qo‘yildi

Ҳозирда қонунбузарларга нисбатан Жиноят Кодексининг 223 ва 246-моддалари билан жиноят иши қўзғатилиб, “қамоқ” эҳтиёт чораси қўлланилди. Тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.