Toshkent viloyati Bekobod shahrida 11-sinf o‘quvchisining o‘limida jami 5 nafar o‘smir gumonlanib hibsga olindi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov.
Idoraning qayd etishicha, bir necha voyaga yetmagan shaxs o‘rtasida kelib chiqqan og‘zaki janjal davomida ulardan biri oshxona pichog‘i bilan jabrlanuvchining o‘ng va chap ko‘krak qismlariga jarohat yetkazgan. Jabrlanuvchi tibbiyot muassasasiga olib borilgan bo‘lsa-da, ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, vafot etgan.
Bosh prokuratura 11 mart kuni holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani va gumonlanayotgan voyaga yetmagan shaxs prosessual tartibda ushlanganini xabar qilgandi.
12 mart kuni ish doirasida jami 5 nafar gumonlanuvchi voyaga yetmagan shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangani ma’lum bo‘ldi. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
Ўтган йили Ўзбекистон миллий терма жамоаси бошқаришга таклиф этилган машҳур немис мутахассиси Йоахим Лёв барибир жаҳон чемпионатига бориш имкониятига эга бўлди.