Bavariyada qishloq hokimi o‘zi ishtirok etmagan saylovda g‘alaba qozondi. Saylovchilar uning ismini o‘zlari yozib qo‘yishdi, deb yozmoqda Süddeutsche Zeitung.
So‘nggi 12 yil davomida Helmut Knaus Chexiya bilan chegaradagi Filippsroyt qishlog‘ini boshqargan. U yerda 600 ga yaqin aholi yashaydi. 64 yoshli amaldor 8 mart kuni bo‘lib o‘tadigan mahalliy saylovlarda qayta saylanmaslikka va dam olishga qaror qildi. Biroq, uchastkalarga kelgan 378 kishidan 216 nafari byulletenlarga uning ismini qo‘lda yozib qo‘ygan. Natijada u 57,1 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi.
Süddeutsche Zeitung gazetasining ta’kidlashicha, amaldor odatda pudratchilarga ishonib topshiriladigan ko‘plab vazifalarni o‘zi bajargani uchun aholi mehrini qozongan. Masalan, qor tozalovchi mashinada ishlagan, o‘t o‘chirish bo‘limiga isitish va ofisga simli internet o‘tkazgan. U qishloq hokimining uncha katta bo‘lmagan maoshi evaziga haftasiga 80-100 soat ishlardi. Knaus allaqachon hamqishloqlarining tanlovini qabul qilishini va o‘z lavozimida qolishini aytdi. Boshqa hech kim yangi bu lavozimga nomzod ko‘rsatmagani ham majburiy qayta saylanishga yordam berdi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
Ўтган йили Ўзбекистон миллий терма жамоаси бошқаришга таклиф этилган машҳур немис мутахассиси Йоахим Лёв барибир жаҳон чемпионатига бориш имкониятига эга бўлди.
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.