Rossiya Eronga AQSh harbiy kuchlarining joylashuvi va harakati haqida razvedka ma’lumotlari bermoqda — CNN.
Qayd etilishicha, Tehronga berilgan ma’lumotlarning katta qismi Rossiyaning sun’iy yo‘ldoshlari orqali olingan tasvirlardan iborat. Ularda Yaqin Sharqdagi AQSh qo‘shinlari, kemalari va harbiy samolyotlarining joylashuvi aks etgan.
Hozircha Eron tomonidan amalga oshirilgan aniq bir hujum Rossiya razvedkasi ma’lumotlari bilan bevosita bog‘liq ekani tasdiqlanmagan. Biroq so‘nggi kunlarda Tehron dronlari Pentagon harbiylari joylashgan bir nechta hududlarga zarba bergan. Masalan, Kuvaytdagi harbiy ob’ektga qilingan dron hujumida olti nafar amerikalik askar halok bo‘lgan.
Ayrim razvedka manbalari bu holat Rossiya va Eron o‘rtasidagi yaqin hamkorlik davom etayotganini ko‘rsatishini ta’kidlamoqda. Shu bilan birga, AQSh razvedkasi Xitoy ham Eronga moliyaviy yordam, ehtiyot qismlar va raketa komponentlari berish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida ma’lumotlarga ega. Biroq Pekin hozircha urushga to‘g‘ridan to‘g‘ri aralashmagan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
Ўтган йили Ўзбекистон миллий терма жамоаси бошқаришга таклиф этилган машҳур немис мутахассиси Йоахим Лёв барибир жаҳон чемпионатига бориш имкониятига эга бўлди.
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.