Lionel Messi kelasi yoz bo‘lib o‘tadigan 2026 yilgi jahon chempionatida Argentina terma jamoasi safida maydonga tushmasligi ehtimoldan xoli emas. The Touchline xabariga ko‘ra, 38 yoshli hujumchi mundialga bormaslik variantini ham ko‘rib chiqmoqda.
Qaror asosan Messining jismoniy holatiga bog‘liq bo‘ladi. Manbaga ko‘ra, u o‘zini 100 foiz tayyor deb his qilmasa, hatto “1 foiz” kamlik sezilsa ham, jahon chempionatiga yo‘l olmaslikni tanlashi mumkin.
Messi MLS darajasi mundial oldidan eng yuqori sport formasiga chiqish uchun yetarlicha raqobatli emas, deb hisoblaydi. Shu bois Argentina sarkardori bu omilni to‘liq jismoniy tayyorgarlik bilan qoplash zarurligini yaxshi tushunadi.
2026 yilgi jahon chempionatida Argentina amaldagi chempion sifatida titulini himoya qiladi. Qatar-2022 finalida “albiseleste” Fransiyani 3:3 hisobidagi durangdan so‘ng penaltilar seriyasida mag‘lub etgandi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.