O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 fevral kuni Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi.
O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Tovar ayirboshlash sur’ati barqaror ekani mamnuniyat bilan qayd etildi. Sanoat kooperasiyasi loyihalari amalga oshirilmoqda, yirik infratuzilmaviy loyihalar, shu jumladan, «Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temir yo‘li va Qambarota gidroelektr stansiyasi qurilishi bo‘yicha birgalikdagi ishlar davom ettirilmoqda.
Prezidentlar mintaqaviy kun tartibining dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almashdilar, bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini muhokama qildilar.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
Бош прокуратура ахборот хизмати терговга қадар текширув давомида InfinBANK АТБ Қўқон филиали кредит бўлими мутахассиси А.Т. гумонланувчи сифатида қўлга олинганини маълум қилди
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.