Hongkong sudi sobiq noshir va muxolifat vakili Jimmi Layni 20 yilga ozodlikdan mahrum qildi — BBC.
78 yoshli Jimmi Lay 2025 yil dekabr oyida “milliy xavfsizlikka qarshi jinoyatlarda aybdor” deb topilgandi. Unga umrbod qamoq jazosi tahdid solayotgan edi.
Ma’lum qilinishicha, Lay 2020 yilda qabul qilingan va keng jamoatchilikda katta rezonans keltirib chiqargan milliy xavfsizlik to‘g‘risidagi qonun asosida qo‘zg‘atilgan ish bo‘yicha birinchi va eng mashhur shaxsga aylandi. Lay 2020 yilda hibsga olingan bo‘lib, yaqinlarining aytishicha, shundan beri uning sog‘lig‘i keskin yomonlashgan.
Lay hozirda faoliyati to‘xtatib qo‘yilgan Apple Daily gazetasining asoschisi va Xitoy Kommunistik partiyasi rahbariyatining eng mashhur tanqidchilaridan biri. U Hongkongda 2019–2020 yillardagi ommaviy norozilik namoyishlariga javoban Pekin tomonidan joriy etilgan keng qamrovli xavfsizlik qonuni doirasidagi bir qator sud ishlariga tortilgan.
Lay Xitoyda muvaffaqiyatli biznes qurgan, biroq 1989 yilda Pekindagi Tyananmen maydonida norozilik namoyishlari ayovsiz bostirilganidan so‘ng muxolifat vakiliga aylangan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
Бош прокуратура ахборот хизмати терговга қадар текширув давомида InfinBANK АТБ Қўқон филиали кредит бўлими мутахассиси А.Т. гумонланувчи сифатида қўлга олинганини маълум қилди
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.