Saudiya Arabistoni oxir-oqibat Isroil bilan munosabatlarni normallashtirish uchun "Ibrohim kelishuvlari"ga qo‘shiladi.
Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan ikki tomonlama uchrashuv yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Amerika yetakchisining qayd etishicha, kelishuv a’zoligini kengaytirish jarayoni “juda tez” davom etadi. "Saudiya Arabistoni juda yaxshi bo‘ldi. Men tushunganimga ko‘ra, ular Isroil bilan til topishish uchun bizdan so‘ragan hamma narsani qilishdi", dedi Tramp.
AQSh prezidenti Ar-Riyod yahudiy davlati bilan munosabatlarini rasmiylashtirishiga ishonch bildirdi. "Ular kelishadilar va bir nuqtada ular "Ibrohim kelishuvlari"ni imzolaydilar", deb ta’kidladi u.
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud 18 noyabr kuni Tramp bilan Oq uyda uchrashuv chog‘ida Isroil bilan munosabatlarni normallashtirishni boshlash uchun Ar-Riyodga Falastin davlatini yaratish uchun “qaytib bo‘lmaydigan, ishonchli va vaqt chegaralangan yo‘l” kerakligini ta’kidladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.
Дастлабки маълумотларга кўра, қайиқда ўнлаб одамлар бўлган ва уларнинг бир қисми қутқариб қолинган. Ҳодиса жойида қутқарув хизматлари иш олиб бормоқда.