O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi kelishuvlar amalga oshiriladi

“Mo‘g‘ulistonga oliy darajadagi tashrif davomida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalarida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–225-son, 17.07.2025 y.) qabul qilindi.
🔰 Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasida 2025–2026 yillarda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalarida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning asosiy ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
🔹 Mo‘g‘ulistondan O‘zbekistonga 100 ming bosh mayda shoxli mollarni olib kelish va mahalliy sharoitda naslchilik-seleksiya ishlari yordamida ko‘paytirish orqali ularning sonini 2029 yil yakuniga qadar 1 mln boshga yetkazish;
🔹 meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlarining Mo‘g‘ulistonga eksport hajmini har yili oshirib borib, 10 barobarga ko‘paytirish choralarini ko‘rish.
✔️ 2025 yil 1 avgustdan 2027 yil 31 dekabrgacha Mo‘g‘ulistondan mayda shoxli mollarni O‘zbekistonga import qilishda tadbirkorlarga:
🔸 havo transportida tashish xarajatlarining 50 foizi Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi;
🔸 QQSni to‘lash muddatini foizlar hisoblanmagan holda to‘lov ta’minotisiz kechiktirib to‘lash imkoniyati beriladi.
📝 2025–2026 yillarda quyidagilar tashkil etiladi:
▪️ Mo‘g‘ulistonning yirik savdo markazlarida “O‘zbekiston mahsulotlari” yarmarkasi;
▪️ Ulan-Bator shahridagi yirik savdo maydonlarida O‘zbekiston mahsulotlari stendi;
▪️ O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston savdo uyi.