Xorazm
Xorazmlik erkak nega rafiqasini pichoqladi?
2019 yil 16 yanvar kuni Xorazm viloyatining Urganch shahar IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, unda shu yilning 6 yanvar kuni Al-Beruniy ko‘chasida yashovchi O.V. ismli shaxs uyida oilaviy janjal sabab birga yashovchi turmush o‘rtog‘i R.T.(ismli ayol)ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.
Gurlanda hokim yordamchisi va MTB mutaxassisi qo‘lga olindi
Xorazm viloyati Gurlan tuman hokimining yordamchisi U.K. fuqaro U.dan uni tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi tizimidagi muassasalarning biriga Gurlan tuman MTM bo‘limining kadrlar bo‘yicha mutaxassisi orqali ishga kiritib qo‘yish evaziga 600 dollar olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi rasmiy Telegram-kanalida xabar berildi.
Xorazmda uchta valyutafurush qo‘lga tushdi
Xorazm viloyatida uchta valyutafurush qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.
Gaz yo‘q, ammo qarzdorlik bor
Gaz taminoti bo‘yicha fuqarolarga asossiz ravishda qarzdorliklar yozilishi tez-tez kuzatilmoqda. Ana shunday holatlardan biri Xorazm viloyati, Beruniy tumani “Do‘stlik” OFYda yashovchi fuqaro U.Qurbonov bilan yuz bergan.
Xorazmda do‘konlar sotilishida ixtiloflar vujudga kelganmi? Holat yuzasidan mas’ul shaxs izoh berdi
Yaqinda Kun.uz tahririyatiga Xorazm viloyati Hazorasp tumanida faoliyat yurituvchi bir guruh tadbirkorlar nomidan murojaat kelib tushdi. Unda yozilishicha, hozirda Hazorasp tumanida joylashgan bozor belgilangan davlat talablariga javob bermaydi. Yangi qurilayotgan bozor esa hanuz tadbirkorlarga topshirilmay kelinmoqda.
Xorazm viloyati hokimi senatorga aylandi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi saylovi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisda Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov senator etib saylangan.
Xorazmlik qiz o‘z otasining qotiliga aylandi
Shu yilning 23 dekabr kuni Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida yashovchi D.M. uyida o‘zaro janjal tufayli otasi B.Q.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Xorazmda qimorxona fosh etildi
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 278-moddasiga binoan qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish ta’qib qilinishi bois bu turdagi jinoyat bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni aniqlash va ularning faoliyatiga chek qo‘yish qo‘yish maqsadida ichki ishlar organlari tomonidan doimiy ravishda maqsadli chora-tadbirlar olib boriladi.
Xorazmda uch yil avvalgi jinoyat fosh etildi
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, tergov davom etmoqda.
Urganch tumanida chaqaloq savdosiga qo‘l urgan ayollar jazoga tortildi
Jamiyatimizda shunday toifadagi manfur shaxslar borki, ular moddiy manfaat evaziga o‘z yaqinlaridan voz kechishgacha borishadi hamda ularning mazkur qilmishi oxir-oqibat jinoyat bilan yakunlanadi.
Damasda haligacha "shapka" bormi?
Xonqa tumani, Ahillik mahallasida yashovchi fuqaro Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasiga murojaat qilib, «Xorazmavtosavdo» MCHJda ishlaydigan Sarvar Po‘latov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) «Damas» rusumli avtomashina sotib olish shartnomasi uchun 1100 AQSh dollari talab qilganligini bildirgan.
DXX va Departament bog‘cha mudirasini jinoyat ustida qo‘lga oldi
Xorazm viloyatining Gurlan tumanida joylashgan 24-sonli maktabgacha ta’lim muassasi mudirasi M.Hasanova (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) oliy ma’lumotga ega, kasbdoshlari, jamoasi orasida hurmat qozongan mudiralardan biri sanalgan. U o‘zi faoliyat yuritayotgan bog‘chada xodimlari bilan yaxshi munosabatda bo‘lgan. Biroq…