Xorazm
Xorazmda o‘qituvchilarga "Farhod va Shirin"ning konsertiga chiptalar majburiy sotilgani rostmi?
8 may kuni Facebook va Rais Buva telegram kanalida estrada xonandalari Farhod va Shirinning konsertiga chiptalar o‘qituvchilarga majburiy sotilayotgani aytilgan edi.
Ana xolos! Endi xorazmliklar o‘z uylariga kirishlari uchun 10 000 so‘m to‘lashadimi?
Xivaning Ichanqal’aga kiriladigan qadimiy darvozalariga turniket o‘rnatildi, deb xabar berdi «Anhor.uz». Endi Ichanqal’aga kirish uchun 10 ming so‘m to‘lash kerak.
Uyushgan jinoyatchilikda ayblangan ichki ishlar xodimlari oqlandi
Dastlabki tergov organi tomonidan Sultanov Sarvar va Adambayev Jo‘rabek Xorazm viloyatining Yangibozor tuman IIB jinoyat qidiruv bo‘linmasi tezkor vakil lavozimida ishlab kelib, oldindan til biriktirib, bir guruh bo‘lib, o‘g‘irlik jinoyatini hisobga olishni qasddan yashirganlikda ayblangan.
O‘z otasini o‘ldirgan xorazmlik qotil qizga jazo tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 24-moddasiga ko‘ra, yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqi, inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyat ekanligi qayd qilingan.
Xorazmda “Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” “Central Asia – 2019” XIII xalqaro konferensiyasi boshlandi (fotogalereya)
Bugun, 24 aprel kuni Xorazm viloyatining Urganch shahrida “Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” “Central Asia – 2019” XIII xalqaro konferensiyasi boshlandi. Unda 10 dan ortiq mamlakatdan tashrif buyurgan xalqaro ekspertlar, axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlari, kutubxonalar, nashriyotlar, arxivlar, muzeylar rahbarlari va mutaxassislari, olimlar, ta’lim muassasalari o‘qituvchilari, AKT mutaxassislari, jamoat arboblari, vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etmoqda.
Ana xolos! Xorazmda talaba qiz kollej binosidan turmushga uzatildi
Ijtimoiy tarmoqlarda «Feysbuk»ning «Xorazm va xorazmliklar» guruhida talaba qizning turmushga chiqarilishi bilan bog‘liq video tarqaldi.
Xorazmda rahbar jinoyatga qo‘l urdi
2019 yil 20 fevralda jinoyat ishlari bo‘yicha Xiva tuman sudi binosida, ochiq sud majlisida M.Abdullayevga (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) oid jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.
Vagon kuzatuvchisi firibgarlik qilganligi uchun sudlandi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch shahar sudi sudyasi A.Qahharovning raisligida o‘tkazilgan ochiq sud majlisida, Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida tug‘ilgan V.N.ga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.
200 dollarni noqonuniy "maydalab bergan" fuqaro jazoga tortildi
1975 yilda Xorazm viloyatining Xiva shahrida tug‘ilgan O‘ktam (ismi o‘zgartirilgan) ismli fuqaro ijtimoiy foydali mehnat bilan shug‘ullanmasdan, yengil daromad topish yo‘liga o‘tib, valyuta qimmatliklarining noqonuniy oldi-sotdisi bilan shug‘ullangan.
Xorazmlik shaxs ayol hamqishlog‘ining "sho‘rini quritdi"
2019 yil 10 aprelga o‘tar kechasi noma’lum shaxs Xorazm viloyatining Xonqa tumanida yashovchi N.B. imsli ayolning uyiga devor oshish yo‘li bilan kirib, xonasidan umumiy qiymati 5 mln. 400 ming so‘m bo‘lgan 3 turdagi zargarlik buyumlari va “Alkatel” rusumli mobil telefonini o‘g‘irlab ketgan.
"Kaltak mojarosi": xorazmlik o‘quvchi o‘qituvchidan kaltak yegani rostmi?
Xorazm viloyati Xazorasp tumani, Pitnak shahridagi 3-umumta’lim maktabining oltinchi sinf o‘quvchisi Doston Sultonovning aytishicha, o‘qituvchisi uni qattiq kaltaklagan va jarohatlagan.
Moskvadan uchib kelgan yo‘lovchi telefonida o‘ta xavfli videolar aniqlandi
Urganch xalqaro aeroportida Moskvadan kelgan yo‘lovchi bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, uning telefonida ko‘plab aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib videolar aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.