Xorazm

Urganch aeroporti MDH davlatlaridagi eng yaxshi aeroport deb topildi

“Urganch” xalqaro aeroporti 2017 yildagi faoliyati natijalari bo‘yicha “Aeroport rivojiga qo‘shgan katta hissasi uchun” nominasiyasida g‘alabani qo‘lga kiritib, “MDH davlatlaridagi eng yaxshi aeroport” tanlovining laureatiga aylandi. Bu haqda “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK matbuot xizmati xabar berdi.

117 mln so‘mlik dori vositalarini O‘zbekistonga noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

“Moskva-Urganch” reysi bo‘yicha parvozini yakunlagan fuqaro S.Z. Urganch xalqaro aeroportida bojxonadan yashil yo‘lak orqali o‘tganida Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan to‘xtatilib tekshirilgan va bojxona qoidabuzarligi sodir etilganligi aniqlandi. “Xalq so‘zi” gazetasining rasmiy sayti xabar berdi.

Xorazmlik firibgar namanganlik «ishsiz»ni 12 mlrd so‘m va 730 ming dollarga chuv tushirdi

1976 yilda tug‘ilgan, Xorazm viloyati, Urganch shahrida yashovchi Q.S. Toshkent shahrida 2016 yil davomida 1963 yilda tug‘ilgan, ishlamaydigan, Namangan viloyati, Namangan shahrida yashovchi M.A.ni katta summaga aldab kelgan. Bu haqda UzNews xabar berdi.

Xorazmda muqaddam sudlangan aka-uka profilaktika inspektorlarini do‘pposladi

Xorazm viloyatining Urganch tumanida Yuqorido‘rmon qishlog‘idan oqib o‘tuvchi Amudaryo bo‘yida Chandirqiyot qishlog‘ida yashovchi, muqaddam 3 marta sudlangan J.S. va ukasi, muqaddam 2 marta sudlangan H.S. mast holda shu yerda dam olayotgan fuqarolar bilan janjallashdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

To‘fon tufayli Urganchga uchgan samolyotlar boshqa aeroportlarga qo‘nishga majbur bo‘ldi

O‘zbekiston havo yo‘llarining “Toshkent – Urgench – Moskva” yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lga chiqqan samolyoti Buxoroda qo‘nishga majbur bo‘ldi, deb xabar qilmoqda "Sputnik".

Foto: Qoraqalpog‘iston va Xorazmga tuz bo‘roni yopirildi

26 may kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, Qoraqalpog‘iston respublikasi hududiga yomg‘ir aralash tuz bo‘roni yopirildi.

Xorazmda “Gazchilar” fuqarolarni yana chuv tushirmoqchi bo‘lishdi, ammo...

Xorazm viloyati Urganch tuman Chakkasholikor qishlog‘ida yashovchi fuqaro Umida Ortiqova yurtimiz ravnaqi, jamiyatimiz rivoji, turmushimiz farovonligi uchun barcha to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lab keladi.

Xorazmda kuyov va qaynota ishtirokida noxush voqea sodir bo‘ldi

Xorazm viloyatida kuyov qaynotasining boshiga bolta bilan urib, jarohat yetkazdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.