Ana xolos! Endi xorazmliklar o‘z uylariga kirishlari uchun 10 000 so‘m to‘lashadimi?

Ana xolos! Endi xorazmliklar o‘z uylariga kirishlari uchun 10 000 so‘m to‘lashadimi?

Xivaning Ichanqal’aga kiriladigan qadimiy darvozalariga turniket o‘rnatildi, deb xabar berdi Anhor.uz . Endi Ichanqal’aga kirish uchun 10 ming so‘m to‘lash kerak.

Xabarda aytilishicha, bu sayyohlik tushumini oshirish maqsadida qilingan, biroq mahalliy aholi bundan katta zarar ko‘rmoqda. Shu bilan birga, muzey-qo‘riqxona ilmiy kotibi Dilmurod Bobojonov Ichanqal’aning tub aholisi shaharning ajralmas qismi ekanligi va ular ko‘chirilmasligini ma’lum qilgan.

Ichanqal’ada yashovchi nafaqaxo‘rlardan biri shunday deydi: Men Ota darvoza dan har kuni ikki marta o‘tishimga to‘g‘ri keladi. Agar har o‘tganimda 10 ming so‘mdan to‘lasam, pensiyam ham yetmay qoladi .

Ulardan yana biri 10 ming so‘m to‘lamaslik uchun Ichanqal’a ichidagi uyiga aylanma yo‘llar bilan borishga majbur bo‘layotganini aytgan.

Orqa tarafdan bepul kirsa bo‘ladi, lekin uzoqroq. Ota darvoza’dan o‘tsa pul to‘lash kerak. 25 ming so‘mlik biletlar ham bor, uni to‘lab kirsangiz, muzeylar bepul bo‘ladi. Ichanqal’ada yashaydiganlar uchun qiyin bo‘lyapti, uyimizga kirishimizni pullik qilib qo‘yishdi , degan u.

Muzey xodimi esa bu sayyohlardan tushumni oshirish uchun qilingani, aholi boshqa tomondan aylanib kirishi mumkinligini aytgan. Shuningdek, keyinchalik Ichanqal’ada yashovchi aholi uchun doimiy bilet berish rejalashtirilayotganini ta’kidlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!