Qashqadaryo
Shahrisabzda masjid oldida o‘g‘rilik qilayotgan shaxs qo‘lga olindi
11 mart kuni soat taxminan 13:00 larda namanganlik A.A. Shahrisabz shahridagi Amir Temur xiyobonida joylashgan «Hazrati Imom» jome masjidiga peshin namozini o‘qish uchun kelgan mahalliy ziyoratchi — 1956 yil tug‘ilgan fuqaro M.I.ning Nexia rusumli avtomashinasini qo‘lidagi temir jism bilan ochib, qimmatbaho buyumlarni olmoqchi bo‘lgan vaqtida ushlangan.
Qashqadaryodagi tibbiyot birlashmasida qonunbuzarlik aniqlandi
Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi organlari tomonidan viloyatdagi tibbiyot muassasalarining birida energiya va suv resurslaridan foydalanish holati yuzasidan monitoring o‘tkazildi.
Qashqadaryolik erkak nega qaynotasini temir bilan urdi?
2019 yil 11 mart kuni Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida yashovchi SH.B. uyi oldida o‘zaro janjal tufayli shu mahallada yashovchi qaynotasi A.S.ning boshiga temir bo‘lagi bilan urib jarohat yetkazgan.
Qashqadaryoda 59 yoshli nogiron YHXB xodimlari tomonidan kaltaklanganidan shikoyat qildi
Qashqadaryo viloyati Koson tumanida yashovchi 59 yoshli ikkinchi guruh nogironi Olim Mustafayev YHXB xodimlari tomonidan kaltaklanib, shifoxonaga yotqizildi, deb xabar bermoqda ca-news.uz.
Qashqadaryo viloyatiga oid yangi qaror qabul qilindi
Qashqadaryo viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘rsidagi Hukumat qarori (198-son, 08.03.2019 y.) qabul qilindi.
Mashina uchun ota bir kunda 2 yillik aliment pullarini to‘lab berdi
Bu dunyoda turfa insonlar, turfa taqdirlar bor. Bir umrga baxtli yashashni niyat qilib turmush qurgan juftlik ajrashib ketadi. Bunga sabablar turlicha, ammo oilada erkak kishi otalik mas’uliyatini unutmasligi lozim.
Qashqadaryodagi tuman va shaharlardan yo‘qolgan o‘nlab mol va qo‘ylar yashirilgan joy topildi
9 fevral kuni Qashqadaryo viloyat IIB xodimlari tomonidan Qarshi shahrida o‘tkazilgan tezkor «reyd» tadbirlarida viloyatning bir nechta tuman va shaharlaridan yo‘qolgan qora mollar va mayda shoxli mollar topilgan. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati «Daryo»ga ma’lum qildi.
Qashqadaryoda ilk bor xalqaro havo sharlari festivali o‘tkaziladi
Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz va Kitob tumanlarida O‘zbekistonda ilk bor xalqaro miqyosda havo sharlari festivali o‘tkaziladi. Aeronavtika federasiyasi Turizmni rivojlantirish qo‘mitasiga mazkur taklifni bildirgan. Bu haqda OAV vakillari va turoperatorlar uchun tashkil etilgan info-tur davomida ma’lum qilindi.
Qashqadaryolik erkak hamqishlog‘ining umriga zomin bo‘ldi
2019 yil 4 fevral kuni soat 23:30larda Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumani Daryo MFYda yashovchi I.U. uyi oldida o‘zaro janjal sabab mast holda bo‘lgan hamqishlog‘i L.J.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.
Qashqadaryoda bir guruh talonchilar qo‘lga olindi
2019 yil 2 fevral kuni soat 20:30 larda Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani Vori qishlog‘ida yashovchi SH.K., SH.R., SH.X., SH.CH. va J.K.lar shu qishloq hududida joylashgan elektr stansiyasi oldida, Chiroqchi tumanida yashovchi X.S. va uning pochchasi Q.X.ni kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, Q.X. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashina salonidan 1 700 000 so‘m pulini hamda ular yonida bo‘lgan qo‘shimcha pul va mobil telefonlarini tortib olib, voqea joyidan qochib ketganlar.
Endi navbat Qashqadaryoga: Chiroqchida tug‘ilgan egizaklarga Shavkat, Miromon, Mirziyo deb ism qo‘yildi (foto)
Chiroqchi tumanining Qo‘rg‘ontepa qishlog‘ida tarix fani o‘qituvchi Sherzod Do‘stumrodov oilasida dunyoga kelgan 3 nafar egizak farzandlarga davlat rahbariga havas qilib Shavkat, Miromon va Mirziyo deb ism qo‘yildi. Bu haqda «Daryo»ga Chiroqchi tuman FHDYo mudirasi Ozoda Jumayeva ma’lum qildi.
Qashqadaryoda ham niqobli bosqinchilar qo‘lga olindi
2019 yil 12 yanvar kuni noma’lum shaxslar yuzlariga niqob kiygan holda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumani “G‘allakor” MFYda yashovchi F.Q.ning uyiga bostirib kirib, uni va turmush o‘rtog‘ini qo‘llari bilan jarohatlab, uyidan pul hamda qimmatbaho buyumlarni topa olmay, voqea joyidan yashiringan, deb xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.