Qashqadaryolik erkak nega qaynotasini temir bilan urdi?

Qashqadaryolik erkak nega qaynotasini temir bilan urdi?

2019 yil 11 mart kuni Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida yashovchi SH.B. uyi oldida o‘zaro janjal tufayli shu mahallada yashovchi qaynotasi A.S.ning boshiga temir bo‘lagi bilan urib jarohat yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, A.S. kasalxonaga yotqizilib, SH.B. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!