Qashqadaryoda bir guruh talonchilar qo‘lga olindi

Qashqadaryoda bir guruh talonchilar qo‘lga olindi

2019 yil 2 fevral kuni soat 20:30 larda Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani Vori qishlog‘ida yashovchi SH.K., SH.R., SH.X., SH.CH. va J.K.lar shu qishloq hududida joylashgan elektr stansiyasi oldida, Chiroqchi tumanida yashovchi X.S. va uning pochchasi Q.X.ni kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, Q.X. boshqaruvidagi Neksiya rusumli avtomashina salonidan 1 700 000 so‘m pulini hamda ular yonida bo‘lgan qo‘shimcha pul va mobil telefonlarini tortib olib, voqea joyidan qochib ketganlar.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni sodir etgan shaxslarning barchasi qo‘lga olingan. Holat yuzasidan 4 fevral kuni jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!