Qashqadaryoda 59 yoshli nogiron YHXB xodimlari tomonidan kaltaklanganidan shikoyat qildi

Qashqadaryoda 59 yoshli nogiron YHXB xodimlari tomonidan kaltaklanganidan shikoyat qildi

Qashqadaryo viloyati Koson tumanida yashovchi 59 yoshli ikkinchi guruh nogironi Olim Mustafayev YHXB xodimlari tomonidan kaltaklanib, shifoxonaga yotqizildi, deb xabar bermoqda ca-news.uz.

5 mart kuni yuz bergan voqeadan so‘ng Koson tuman tibbiyot birlashmasining travmatologiya bo‘limiga yotqizilgan bemor Olim Mustafoyev voqea to‘g‘risida shunday deydi:

- Bozordan qaytayotgan edim, o‘rta chiziqda ketayotgandim va chapga burilishim kerak edi. Orqadan YHXB xodimlari sirenani chalib kelib qoldi va menga burilishimga imkon bermadi. Men burilib, mashinadan tushdim. Mening uyim yo‘l bo‘yida joylashgan. Mashinani o‘chirib, pastga tushdim. Esimda qolgani, mashinadan tushishim bilan orqadan yetib kelgan YHXB xodimlari meni o‘rab olishdi va dubinka bilan meni ura ketishdi. Keyin meni tuman milisiya bo‘limiga olib borishdi. U yerda ham kaltaklashdi. Boshliqqa buni men bo‘ysunmaganim va mashinani to‘xtatmaganim sabab deya tushuntirishdi. Kaltaklardan keyin men hushimni yo‘qotdim. Keyin bilsam, meni kasalxonaga olib kelishibdi. Xozir travmatologiya bo‘limidaman.

Kosonsoy tuman markaziy shifoxona vrachi Farhod Tursunov ma’lum qilishicha, Olim Mustafoyev shifoxonaga 5 mart kuni keltirilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, shifokorlar uning holatini yaxshi deb hisoblashmoqda.

- Biz tomografiya tekshiruvlarini o‘tkazamiz. U kaltaklanganmi yoki yo‘qmi menga noma’lum. Biz kaltaklanish faktlarini aniqlamaymiz. Bemorning o‘zi ta’kidlashicha, uni kaltaklashgan. Hujjatlarda bemorning so‘zlari barchasi qayd etilgan. Lekin uning tanasida jarohat izlari bor, shuning uchun biz tomografi tekshiruvlarini belgiladik, undan so‘ng barchasi oydinlashadi. Unda miya chayqalishi alomatlari bor, - deydi vrach.

Olim Mustafoyevning farzandlari otalarining milisiya xodimlari tomonidan kaltaklangani yuzasidan tuman prokuraturasiga shikoyat qilgan.

Mustafoyevning aytishicha, shundan so‘ng uning oldiga tuman prokuraturasi xodimi kelgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oktyabr oyida 46 yoshli buxorolik Rustam Mavlonov milisiya xodimlari kaltaklaganidan so‘ng shifoxonaga tushgani to‘g‘risida ma’lum qilgan edi.

2018 yilning yozida Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yashovchi 24 yoshli homilador ayol huquqni muhofaza qilish organi xodimlari tomonidan kaltaklanganidan so‘ng bolasidan ajralgani to‘g‘risida xabar bergan edi.

ca-news.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!