Jizzax

Jizzaxda IIB profilaktika inspektori va mahalla maslahatchisi kaltaklandi

Paxtakor tumani mahalla fuqarolar yig‘ini posboni SH.S., IIB HPB profilaktika inspektori X.R., Tuman xotin-qizlar qo‘mitasi, xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassisi M.O. birgalikda Paxtakor tumani, Do‘stlik mahallasida fohishalik bilan shug‘ullanuvchi shaxs yashayotgani haqida olingan xabarga asosan, mazkur xonadonga borishgan.

Jizzax bozorida talonchi qo‘lga tushdi

2019 yil 14 fevral kuni Jizzax shahri Oqqo‘rg‘onlik mahallasida yashovchi M.M. ismli ayol IIBga murojaat qilib, shu kuni soat 18:30larda noma’lum shaxs Xalqobod MFY hududida joylashgan buyum bozorida uning qo‘lidan, ichida 4 600 000 so‘m puli bo‘lgan sumkasini tortib olib, qochib ketganligini ma’lum qilgan.

34 yillik qarz: Jizzaxda shifokor qariyb 69 mln. so‘m undirishga muvaffaq bo‘ldi

O‘zbekiston Kabasa uyushmasi federasiyasi fuqaroga 34 yil davomida foydalanilmagan mehnat ta’tillari uchun pullik kompensasiya to‘lovlarini undirib olishga yordam berdi.

XTV 6-sinf o‘quvchisining to‘satdan vafot etishiga izoh berdi

Xalq ta’limi vazirligi Jizzax viloyati, Zafarobod tumanidagi 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchisining vafotiga aniqlik kiritdi.

Jizzaxda maktab o‘quvchisining o‘limiga nima sabab bo‘lgani ma’lum qilindi

23 fevral kuni Jizzax viloyati Zafarobod tumani № 10 maktabning 6-sinf o‘quvchisi B.B. vafot etgan. Xalq ta’limi vazirligi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi rahbari Anvar Umarovning UZ24'ga ma’lum qilishicha, unda yuragi bilan bog‘liq muammo bo‘lgan, futbol o‘ynayotgan vaqtida yuragi to‘xtab qolishi oqibatida vafot etgan.

Jizzaxda sudlanishi kerak bo‘lgan shaxs sudgacha vafot etdi

Baxmalda Giyovandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda saqlab kelayotgan shahsga nisbatan jinoyat ishi tugatildi. Bu haqda Jizzax viloyati sudi matbuot xizmati «Daryo» ga xabar berdi.

O‘zbekiston poytaxtini Jizzaxga ko‘chirish taklifi yuzasidan o‘tkazilgan so‘rov natijalari

O‘zbekiston poytaxtini Toshkentdan Jizzaxga ko‘rish haqida taklif yuzasidan Sputnik O‘zbekiston agentligi so‘rov o‘tkazdi.

Samarqandda «echintirib tahqirlangan ayol» yana o‘g‘irlikda qo‘lga tushdi, bu safar mast (video)

Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahri IIB sobiq katta tezkor vakili S.Umarov tomonidan tahqirlanib, shahar IIB binosida yechintirilgan, so‘ngra Oqdaryo tumanida sodir etgan o‘g‘riliklari uchun JIB Oqdaryo tuman sudi tomonidan 4 yil ozodlikdan cheklash jazosi tayinlangan, Kattaqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi N.T. yana jinoyat ustida qo‘lga tushdi.

Tibbiyot uchun bu yil Jizzax yili bo‘ladi...

Dunyodagi eng yaxshi kasalxonalar filiallari Jizzax shahrida ochiladi.

Jizzaxda zargarlik buyumlarini o‘g‘irlagan ayol qo‘lga tushdi

2019 yil 16 fevral kuni noma’lum shaxs Jizzax viloyatining Zomin tumanida yashovchi X.S.ning uyiga ochiq qolgan darvoza orqali kirib, xonasidan umumiy qiymati 7 300 000 so‘mlik zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketgan.

Jizzaxda ota-bola jinoyatchilar qotillikka qo‘l urishdi (video)

Aynan mana shu narsa endigina 21 yoshga kirgan G‘iyosjon Oblaqulovni qotillikka undadi. U otasi bilan til biriktirib jinoyatga qo‘l urgan. Ota-bola muntazam ravishda tovlamachilik bilan shug‘ullanib kelgan.

Jizzaxda bir oilaning 8 nafar a’zosi oziq-ovqat mahsulotidan zaharlandi

2019 yil 8 fevral kuni Jizzax viloyatining SH.Rashidov tumanida yashovchi M.P. (ismli ayol) o‘z uyida oila a’zolari bilan birgalikda uy sharoitida tayyorlangan marinadlangan pomidor mahsulotini iste’mol qilgan va natijada 8 nafar kishi zaharlangan.