Jizzax
Eski uylar buzilib, yangilari qurilmoqda: Jizzax yangi qiyofaga ega bo‘lmoqda
Joriy yil yanvar oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Jizzax viloyatiga safaridan keyin viloyatning barcha tuman va shaharlarida obodonlashtirish ishlari boshlab yuborildi, deb xabar qildi "Xalq bilan muloqot" guruhi Feysbukdagi sahifasida.
Jizzax va Samarqand avtomobil yo‘lida kuchli sel keldi (video)
Kecha, 5 aprel kuni O‘zbekiston bo‘ylab kuchli yomg‘ir yog‘di. Yomg‘ir natijasida Respublikaning ayrim hududlarida sel kelishi kuzatildi.
Jizzaxda xotinini rashk qilgan erkak dahshatli qotillikka qo‘l urdi
Eski Toshkentlik mahallasida yashovchi fuqaro rashk sababli dahshatli qotillikka sababchi bo‘ldi.
Sud xodimlarni maosh bermay ishlatgan MCHJga jazo tayinladi
Baxmal “Mashina traktor Parki” mas’uliyati cheklangan jamiyati 8 nafar xodimiga oylik ish haqini o‘z vaqtida to‘lamay keladi. Natijada xodimlarning ushbu holat yuzasidan murojaatlari fuqarolik ishlari bo‘yicha Forish tuman sudi tomonidan ko‘rib chiqildi.
Samarqanddan so‘ng Jizzaxda ham suv toshqini kuzatildi (foto)
Jizzax shahrining markaziy bozorini suv bosgan.
Jizzaxda yo‘lovchini tunagan haydovchi va uning sherigi qo‘lga olindi
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida S.G‘. va E.A.lar ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
"Boshqa joyda bunday pishmaydi": Jizzax somsasining siri nimada? (foto)
O‘zbekistondagi har bir viloyatning o‘ziga xos oshxonasi bor. Qashqadaryo tandiri, Xorazm tuxum baragi, Samarqand no‘xatsho‘ragi bilan mashhur bo‘lsa, Jizzax o‘zining somsasi bilan tanilgan. Kosadek kattalikdagi somsaning har biriga 150 gramm go‘sht, yog‘, piyoz solinadi.
Toshkent viloyatida bir erkak shar’iy nikohdagi xotini va uning farzandlarini o‘ldirib ketdi
2019 yil 17 mart kuni Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Xushro‘y ko‘chasi, 13-uyda yashagan N.A. (ayol kishi, 1972 yilda tug‘ilgan) va uning farzandlari H.N. (1994 yil) va SH.N. (1995 yil)larning murdalari ko‘krak qafasi, o‘pka va yurakka sanchilib kirgan og‘ir tan jarohatlari bilan topilgan.
Jizzaxda folbinlik qilgan ayol ozodlikdan mahrum etildi
Fuqarolarni soddaligidan foydalanib, ularga baxtini ochish, kelajagi haqida bashorat qilib fol ochish va shu kabi aldov ishlari bilan turli viloyatlarda shug‘ullangani uchun muqaddam besh marta sudlangan Gulnora Alimardonova (ism sharifi o‘zgartirilgan) yana firibgarlik jinoyatiga qo‘l urdi. Bu haqda «Daryo»ga Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzacho‘l tuman sudi sudyasi Maqsud Raimov xabar berdi.
Yirik o‘g‘rilik! 30 tonna ammiakli selitra mineral o‘g‘itini "o‘zlashtirgan" kim?
2019 yil 12 mart kuni Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumanida yashovchi D.R. IIBga murojaat qilib, unda shu yil 11 martga o‘tar kechasi noma’lum shaxs “Jizzaxagrokimyohimoya” AJ filialiga qarashli 2-sonli omborxonasidan 30 tonna ammiakli selitra mineral o‘g‘itini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan.
Jizzaxda firibgar shifokorlarga hukm o‘qildi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudi tomonidan 2019 yil 18 fevral kuni ikki nafar shifokorga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi ko‘rilib, ayblov xukmi o‘qildi.
Jizzaxda uch nafar talonchi qo‘lga tushdi
2018 yil 21 dekabr kuni Samarqand viloyati Jomboy tumani Nayman mahallasida yashovchi X.R. o‘zining “Gazel” rusumli avtomashinasida Jizzax viloyatining Paxtakor tumani Buyuk Ipak yo‘li QFY hududida to‘xtab dam olayotgan vaqtida, 3 noma’lum shaxs davlat raqamlari aniqlanmagan “Neksiya” rusumli avtomashinada kelib, uning avtomashinasi oynasini tosh bilan urib sindirishgan.