Jizzaxda maktab o‘quvchisining o‘limiga nima sabab bo‘lgani ma’lum qilindi

Jizzaxda maktab o‘quvchisining o‘limiga nima sabab bo‘lgani ma’lum qilindi

23 fevral kuni Jizzax viloyati Zafarobod tumani № 10 maktabning 6-sinf o‘quvchisi B.B. vafot etgan. Xalq ta’limi vazirligi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi rahbari Anvar Umarovning UZ24 ga ma’lum qilishicha, unda yuragi bilan bog‘liq muammo bo‘lgan, futbol o‘ynayotgan vaqtida yuragi to‘xtab qolishi oqibatida vafot etgan.

Avvalroq qator internet nashrlarida №10 maktab o‘quvchilari orasida tanaffus vaqtida janjal bo‘lgani, katta sinf o‘quvchisi 6-sinf o‘quvchisini urgani, natijada u jonlantirish bo‘limiga yotqizilgani va hayotdan ko‘z yumgani haqida xabarlar tarqalgandi. Shuningdek, ta’lim muassasasi rahbarlari hodisa bo‘yicha ichki ishlar organlarini xabardor qilmagani, ular tibbiyot xodimlaridan bu haqda eshitganligi aytilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!