Jizzaxda zargarlik buyumlarini o‘g‘irlagan ayol qo‘lga tushdi

Jizzaxda zargarlik buyumlarini o‘g‘irlagan ayol qo‘lga tushdi

2019 yil 16 fevral kuni noma’lum shaxs Jizzax viloyatining Zomin tumanida yashovchi X.S.ning uyiga ochiq qolgan darvoza orqali kirib, xonasidan umumiy qiymati 7 300 000 so‘mlik zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Zomin tumani Nurlikent mahallasida yashovchi O.A.(ismli ayol) sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!