Jizzaxda sudlanishi kerak bo‘lgan shaxs sudgacha vafot etdi

Jizzaxda sudlanishi kerak bo‘lgan shaxs sudgacha vafot etdi

Baxmalda Giyovandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda saqlab kelayotgan shahsga nisbatan jinoyat ishi tugatildi. Bu haqda Jizzax viloyati sudi matbuot xizmati Daryo ga xabar berdi.

A.J Baxmal tumani Yangibog‘ MFYda joylashgan yashash uyi tomorqasidagi 1 kvadrat metr yer maydoniga tarkibida giyohvandlik vositasi bo‘lgan ko‘knor giyohvand o‘simligi urug‘ini ekib, parvarishlab, hosilini yig‘ib olib, quritib, xonadon sharoitida qayta ishlab, opiy giyohvandlik vositasini tayyorlab, ko‘p miqdordagi 5,81 gramm opiy giyohvandlik vositasini kelgusida o‘zining iste’moli uchun yashash uyida saqlab kelganligi IIB tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir mobaynida aniqlanib, A.Jga tegishli shaxsiy buyumlar saqlanuvchi sandiqdagi maxsi ichiga solingan charm xaltachadagi sellofanga o‘ralgan 5,81 gramm opiy giyohvandlik vositasi xolislar ishtirokida hujjatlashtirilib olingan.

O‘tkazilgan sudga oid kimyoviy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, A.Jning xonadonidan olingan polietilen bo‘lagiga o‘ralgan, malla-qo‘ng‘ir rangli, o‘ziga xos o‘tkir hidli, qurimagan holdagi modda tarkibida giyohvand alkaloidlar morfin, kodein va tebain mavjud bo‘lib, bu modda opiy giyohvand moddasi deb atalishi, uning qurimagan holdagi og‘irligi 5,81 grammga tengligi aniqlangan.

Biroq sudlanuvchi A.J yurak ishemik kasalligi natijasida vafot etganligi sababli unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK 270-moddasi 2-qismi a bandi va 276-moddasi 2-qismi a,b bandlari bilan yuritilgan jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi JPK 84-moddasi 1-kismi 3-bandiga asosan harakatdan tugatildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!