Jizzaxda yo‘lovchini tunagan haydovchi va uning sherigi qo‘lga olindi

Jizzaxda yo‘lovchini tunagan haydovchi va uning sherigi qo‘lga olindi

2019 yil 23 mart kuni Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida yashovchi S.K.(ismli ayol) Toshkent shahrining Chilonzor tumani 23-daha hududidan fuqaro S.G‘. boshqaruvidagi Spark rusumli avtomashinaga yo‘lovchi sifatida o‘tirib, Chilonzor tumanidagi Muqimiy ko‘chasida joylashgan avtobuslar bekati oldiga yetib kelganlarida haydovchi S.G‘. va avtomashinada bo‘lgan yana bir yo‘lovchisi E.A. bilan birga S.K.ni kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, qo‘lidan ichida 600 ming so‘m puli hamda fuqarolik pasporti bo‘lgan sumkasini tortib olib, voqea joyidan yashiringanlar.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida S.G‘. va E.A.lar ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!