Jizzaxda firibgar shifokorlarga hukm o‘qildi

Jizzaxda firibgar shifokorlarga hukm o‘qildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudi tomonidan 2019 yil 18 fevral kuni ikki nafar shifokorga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi ko‘rilib, ayblov xukmi o‘qildi.

Yo‘lchiyev Chingiz va Boltayev Temur (ismi-sharifilari to‘liq o‘zgartirilgan) aldash va ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida oldindan jinoiy til biriktirib, Narimanova Mariyamni pora berishga qiziqtirib, uni prokuratura va Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Jizzax filialidagi mansabdor shaxslar orqali, 500 AQSh dollari evaziga shu filialning bolalar bo‘limiga hamshiralik vazifasiga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, uning ishonchiga kirishgan.

Biroq, 2018 yilning 31 oktyabr kuni soat tahminan 16 dan 30 daqiqa o‘tganda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti Jizzax viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan fuqaro Narimanova Mariyamning arizasiga asosan Jizzax shahar Toshloq MFYda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Yo‘lchiyev Chingiz va Boltayev Temurlar fuqaro Narimanova Mariyamdan prokuratura va RSHTYOIM Jizzax filialidagi mansabdor shaxslar orqali shu muassasaga ishga kiritib qo‘yish evaziga oldindan kelishilgan 500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olishgan vaqtida ushlangandilar.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudi tomonidan 2019 yil 18 fevral kungi xukmiga asosan Yo‘lchiyev Chingiz va Boltayev Temurlar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 2-qismi b bandi va 28,211-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, tegishli jazo tayinlandi.

E.Qarshiyev, Jinoyat ishlari bo‘yicha

Jizzax shahar sudi sudyasi,

Nizomjon Islomov, jurnalist


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!